"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

11.
 
MAXFIYLIK 
 
11.1. Tomonlar bank va tijorat siri, shuningdek ularga Umumiy shartlarga muvofiq oshkor bo’lgan 
har qanday maxfiy ma’lumotlarni saqlash va oshkor qilmaslikni ta’minlash majburiyatini oladi.
11.2. Karta Egalari va ulardan foydalanib amalga oshirilgan operatsiyalar to’g’risidagi ma’lumot, 
shuningdek Kartalarning o’zi haqida ma’lumot Bank siri hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida belgilangan tartib va asoslarda taqdim qilinadi. 
11.3. Tomonlar Kartalar va dasturiy-texnik vositalarda bajariladigan operatsiyalar haqida 
ma’lumotlarni himoyalashda xalqaro to’lov tizimlari tomonidan o’rnatilgan talablarga rioya 
qilishadi. 
11.4. Tomonlar Bankning “Bank siri to’g’risida”gi Qonunda ko’zda tutilgan holatlarda bank siri 
hisoblanuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga, shuningdek Bankning Karta Egasiga SMS va 
E-mail-xabarnoma kabi axborot xizmatlarini, shuningdek shaxsiy WEB va IVR kabinetlari orqali 
texnik xarakterdagi xizmatlarni ko’rsatuvchi shaxslarga xabar qilishi yoki taqdim etishi bank sirini 
oshkor qilish hisoblanmasligiga rozilik bildirishadi. 
12.
 
NIZOLARNING
 
HAL
 
QILINISHI 
 
12.1. Tomonlar o’rtasida mazkur Umumiy shartlarni bajarmaganlik tufayli yuzaga kelib chiqqan 
barcha nizo va kelishmovchiliklar o’zaro kelishuvlar yo’li bilan hal qilinadi.
12.2. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni kelishuvlar yo’li bilan hal qilish imkonsiz bo’lgan 
holatda Tomonlar o’rtasidagi nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga 
muvofiq hal qilinadi. 
13.
 
YAKUNIY
 
QOIDALAR 
 
13.1. Mazkur Umumiy shartlar bilan tartibga solinmagan barcha masalalarda Tomonlar 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xalqaro to’lov tizimlarining me’yorlari, 
Bankning ichki me’yoriy hujjatlari qoidalariga amal qilishadi.


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
13.2. Mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to’lov tizimlari va/yoki Bankning ichki me’yoriy 
hujjatlari o’rtasida tafovut yuzaga kelgan holatda xalqaro to’lov tizimlarining me’yorlari va Bank 
ichki me’yoriy hujjatlari ustun kuchga ega bo’ladi. 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Yuridik shaxsga foydalanish uchun xalqaro 
kartochkani taqdim etishning umumiy shartlari 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin