Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
imzosi bilan tasdiqlangan Tranzaksiyalar o‘tkazishga yozma ko‘rsatmalar taqdim qilinmagan
bo‘lsa;
- SSK da shubhali faollik kuzatilsa (Tranzaksiyalar soni yoki summasi keskin ortsa, bunda ushbu
Tranzaksiyalar bo‘yicha taqdim etilgan Cheklarda Karta Egasining imzosi mavjud bo‘lmasa);
- Kvitansiya va/yoki Kredit Vaucher belgilangan muddatdan kech taqdim qilinsa.
3.1.2. O‘tkazilgan Tranzaksiyalar bo‘yicha SSK bilan hisob-kitob
amalga oshirilganida Bank
Tarifida ko‘zda tutilgan xizmatlar uchun vositachilik haqi summasini ushlab qolish;
3.1.3. 2.9-bandda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov undirish;
3.1.4. bir tomonlama tartibda mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha taqdim etilgan xizmatlar uchun
vositachilik haqi miqdorini o‘zgartirish;
3.1.5.
agar
Tranzaksiya
bo‘yicha
Kvitansiyalar
Yo‘riqnoma
qoidalarini
buzib
rasmiylashtirilganligi belgilansa, pul mablag‘larini Karta Egalariga qaytarish;
3.1.6. Qurilmadan foydalanish qoidalari hamda xaridorlar – Karta Egalariga tovar va xizmatlarni
taqdim etish qoidalarining nazorat tekshiruvini amalga oshirish.
3.1.7. Bank SSK dan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
3.1.7.1. Bank tomonidan SSK ga vaqtincha beg‘araz foydalanish uchun topshirilgan Qurilmaga
zarar yetkazilgan holatda unga
ketgan xarajatlarni qoplash, Qurilmaning dasturiy ta’minotda
uzilishlar sababli ishga yaroqsiz bo‘lgan holatlari bundan mustasno;
3.1.7.2. SSK Qurilmani yo‘qotgan holatda kompensatsiya;
3.1.8. Zarar yetkazish va buzish turlarining tasnifi va ular bo‘yicha xarajatlarni qoplash va
kompensatsiya stavkalari 1-Ilovada keltirilgan. Zarar yetkazish buzish
fakti qurilmaning ishga
yaroqsizligi to‘g‘risidagi Bayonnoma-Xulosada rasmiylashtiriladi. Bayonnoma-xulosaning shakli
4-ilovada berilgan. Zarurat bo‘lganida Qurilma yetkazib beruvchining servis-markazida nuqson
Bayonnomasi tuziladi. Topshirilgan Qurilmaning yo‘qotilganlik fakti qurilmani yo‘qotganlik
Bayonnomasi bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi. Yo‘qotganlik to‘g‘risida Bayonnoma shakli
3-ilovada berilgan.
3.2.
Bank amaldagi qonunchilik, mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to‘lov tizimlarining
qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Dostları ilə paylaş: