4. BANKNING MAJBURIYATLARI 4.1.
Bankning majburiyatlari
: 4.1.1. Yiliga 2 marta majburiy va belgilangan tartibda Kartalarga xizmat ko‘rsatuvchi
SSK xodimlarini Kartalar, hisobot hujjatlari va Qurilmalar bilan ishlash qoidalari, shuningdek
Bankka hisobot hujjatlarini taqdim etish tartibi va muddatlari bo‘yicha o‘qitish va instruktaj o‘tish.
Instruktaj o‘tilganligi to‘g‘risida ikki namunada Bayonnoma tuziladi, SSK va Bankning mas’ul
xodimlari tomonidan imzolanadi.
4.1.2. Umumiy shartlar va Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilgan va taqdim etilgan Kartalar
bo‘yicha amalga oshirilgan Tranzaksiyalar summasini ko‘rsatilgan SSK ning talab etilguncha
deposit hisobvarag‘ini kreditlash yo‘li bilan to‘lab berish;
4.1.3. SSK ning yozma talabiga ko‘ra mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha Bank amalga oshirgan
operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni berish;
4.1.4. SSK va uning xaridori – Karta Egasi o‘rtasida xarid qilinan tovarlar yoki ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun Tranzaksiyalarni Savdo Terminali orqali amalga oshirish hamda keyinchalik
Bank SSK bilan keyingi hisob-kitoblarni yuritish uchun Bankning naqdsiz hisob-kitoblar tizimiga
o‘tkazilgan Tranzaksiyalar bo‘yicha pul mablag‘larini inkassatsiyalash yo‘li bilan SSK ga
Tranzaksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish.
4.1.5. Bayonnoma asosida, mazkur umumiy shartlarga 1-ilovada ko‘rsatilgan shaklda SSK xizmat
ko‘rsatish nuqtalarida Savdo Terminallarini o‘rnatish.
4.1.6. SSK ga Karta Egalariga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan Qurilmalarni belgilangan
tartibda topshirish;
4.1.7. Bank amaldagi qonunchilik, mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to‘lov tizimlarining
qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
5. SSK NING HUQUQLARI
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi