5.1.
SSK ning huquqlari
: 5.
1.1. Mazkur Umumiy shartlarga muvofiq xizmatlar taqdim etish uchun Bankka ariza yuborish
(2-ilova);
5.1.2. Bankdan yozma ariza asosida Bank o‘tkazgan operatsiyalar bo‘yicha mazkur Umumiy
shartlarga muvofiq ma’lumot olish;
5.1.3. Bankdan SSK xodimlarining qo‘shimcha instruktajini o‘tash haqida yozma so‘rash;
5.1.4. Bankdan SSK ga tegishli xizmat ko‘rsatish nuqtalarida xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha
Qurilma taqdim etishi to‘g‘risida yozma so‘rash. Bunda Bank ariza yoki talabnomalarning faqat
aslini ko‘rib chiqishga qabul qiladi. Shu jumladan faksimal aloqa orqali yo‘naltirilgan hujjatlar
nusxasini Bank ko‘rib chiqmaydi.
5.1.5. SSK amaldagi qonunchilik, mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to‘lov tizimlarining
qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
5.2. SSK huquqiga ega emas:
5.2.1. Karta Egasi Karta vositasida to‘langan tovar/mahsulotlardan bosh tortgan holatda naqd pul
berish. Bunday holatda SSK Kredit Vaucher to‘ldirishi va keyin uni Karta bo‘yicha boshqa
Tranzaksiyalar bilan hisobotda Bankka taqdim etishi lozim.
5.2.2. Tovar birligi yoki bitta xizmat narxini ulushli to‘lovlarga bo‘lish va ularni bir nechta
Kvitansiyalar bilan rasmiylashtirish, yoki Avtorizatsiya kodi so‘rovidan qochish maqsadida
boshqa to‘lov vositalari bilan muqobil to‘lov qabul qilish;
5.2.3. Umumiy shartlarning 1-bandida keltirilgna xizmatlarni ko‘rsatishda boshqa Bank yoki
tashkilotlar taqdim qilgan va SSK ga tegishli bo‘lmagan Qurilma, Kvitansiya va/yoki Kredit
Vaucherlardan foydalanish;
5.2.4. Bank Qurilmasini uchinchi shaxslarga berish;
5.2.5. Bir Tranzaksiya bo‘yicha ma’lumotlarni har qanday ko‘rinishda takroran taqdim etish;
5.2.6. Karta bo‘yicha SSK da mavjud tovar/xizmat narxidan oshadigan summada operatsiya
rasmiylashtirish.
6.