Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01%, lekin shunday summaning 10% dan ortiq bo‘lmagan
miqdorida penya to‘laydi.
7.4. O‘z vaqtida bajarilmagan Inkassatsiya, Kvitansiyalar,
Kredit-Vaucherlar, hisobotlarni
rasmiylashtirish qoidalari, Karta bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari buzilgan har
bir holat uchun SSK zimmasiga Bank foydasiga O‘zbekiston
Respublikasida mos keluvchi
buzilish amalga oshirilgan kun belgilangan minimal ish haqining 25% miqdorida jarima
yuklatiladi.
7.5. mazkur Umumiy shartlar, Umumiy shartlar predmetiga tegishli xalqaro to‘lov tizimlarining
qoidalariga muvofiq SSK zimmasiga yuklatilgan boshqa majburiyatlar bajarilmagan har bir holat
uchun SSK Bank foydasiga O‘zbekiston Respublikasida mos keluvchi buzilish amalga oshirilgan
kun belgilangan ish haqining 1 (bir) minimal miqdorida jarima yuklatiladi.
7.6. SSK o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzishi natijasida
Karta Egalarining karta
hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari noqonuniy yechilgan holatda SSK ushbu mablag‘larni to‘liq
hajmda qoplab berishi shart. Bunda SSK zimmasiga Bank foydasiga noqonuniy yechilgan pul
mablag‘lari miqdorida jarima yuklatiladi.
7.7. Bank Karta raqami qo‘lda kiritilishi usulida avtorizatsiyalangan Tranzaksiyani aniqlagan va
buning oqibatida nizoli holat yuzaga kelgan holatda moddiy javobgarlik SSK zimmasiga
yuklatiladi.
BANK SSK oldida quyidagilar uchun javobgar emas:
7.7.1. Umumiy shartlarga mos bo‘lmagan yoki qarshi bo‘lgan Tranzaksiyalar bo‘yicha to‘lovlarni
ta’minlash, aynan:
- agar SSK Yo‘riqnoma va Umumiy shartlarda belgilangan, Kartadan foydalanib operatsiyalarni
amalga oshirish qoida va tartib-taomilini buzsa;
-
SSK Yo‘riqnomaga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilgan Kvitansiya, Kredit-Vaucherni taqdim
etsa yoki Kvitansiya va Kredit-Vaucherlarni belgilangan muddatdan kech topshirsa;
-
Agar SSK amalga oshirgan to‘lov operatsiyasida to‘g‘risida ma'lumot
yoki hujjatlar mavjud
bo‘lmasa;
-
SSK tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilgan holatda.
7.7.2. agar SSK Umumiy shartlar va Yo‘riqnomaga muvofiq Kvitansiya va/yoki Kredit-
Vaucherlar Hisobotini rasmiylashtirish va taqdim etish bo‘yicha talablarni buzsa, to‘lovlar
kechikishi uchun.
7.7.3. Qurilmaga
zarar yetkazish-buzishi, yo‘qotganligi uchun SSK mos keluvchi Bayonnoma
rasmiylashtirilgan sanadan 10 kundan kechiktirmasdan yozilgan hisob-faktura bo‘yicha 1-ilovaga
ko‘ra stavkalarda Bankka to‘lovni amalga oshiradi.
7.7.4. Qurilma uchun xarajatlarni qoplash stavkasi va kompensatsiya stavkalari 1-ilovaga muvofiq
QQS hisobga olinmasdan ko‘rsatilgan.
7.7.5. Qurilmaga zarar yetkazish-buzish holatida xarajatlarni qoplash stavkalari, shuningdek SSK
to‘lab beradigan kompensatsiya stavklaari Qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqida Bank yozma
ravishda, 30 kundan kechiktirmasdan SSK ga xabar beradi.
7.7.6. To‘lov so‘mda yozilgan hisob-faktura sanasida O‘zR Markaziy bankining kursi bo‘yicha
amalga oshiriladi. Hisob-fakturada belgilangan, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa QQS ni hisobga
olib ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: