Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Internet orqali xalqaro to‘lov tizimlarining
kartalariga elektron tijorat xizmatlarini taqdim
etishning umumiy shartlariga
2-Ilova
INTERNET ORQALI XALQARO TO‘LOV TIZIMLARINING KARTALARIGA
ELEKTRON TIJORAT XIZMATLARINI TAQDIM ETISHNING SHARTLARI
1.
Internet orqali XTT kartalariga elektron tijorat xizmatlarini taqdim etishning umumiy
shartlari bilan ishlash tartibi.
1.1.
Xizmatlar Provayderi tizimida ishlash haqida ma'lumot quyidagi manzilda joylashtirilgan:
______________________________________________________.
1.2. Bank Internet-Maydonni ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha Bankning ixtisoslashtirilgan ADK
da ro‘yxatiga olish uchun zarur harakatlarni amalga oshiradi.
1.3. Xaridor Internet orqali Sayt/Internet-Maydonga ulanadi, buyurtmani rasmiylashtiradi va uni
Sayt/Internet-Maydonning ixtisoslashtirilgan apparat-dasturiy kompleksiga keyingi qayta ishlash
harakatlari uchun yuboradi.
1.4. Sayt/Internet-Maydon buyurtmani Xizmatlar Provayderining ADK si orqali qayta ishlaydi va
Xizmatlar Provayderi ADK siga Xizmatlar Provayderining talabiga bog‘liq ravishda batafsil
ko‘rsatkichlar va Tranzaksiyalarni yuboradi.
1.5. Xaridor to‘lov sxemasini tanlaydi (3D-Secure, Verified by Visa, MasterCard SecureCode,
UCAF, SecurePay, BC Card/Smartro) va zarurat bo‘lganida Xizmatlar Provayderi ADK siga o‘z
Kartasining ko‘rsatkichlari haqida ma'lumotlarni, shu jumladan CVC2 yoki CVV2 qiymatini,
kartaning amal qilish muddati yakunlanadigan sana, shaxsiy ma'lumotlarni yuboradi, bu bir
vaqtning o‘zida buyurtmani to‘lashga roziligini tasdiqlash hisoblanadi.
1.6. Xizmatlar Provayderi Xaridor kartasining kiritilgan ko‘rsatkichlari shakli to‘g‘riligini
tekshiradi va qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov sxemasiga (3D-Secure, Verified by Visa, MasterCard
SecureCode, UCAF, SecurePay, BC Card/Smartro) bog‘liq ravishda Xaridorni qo‘shimcha
autentifikatsiya qilish jarayonlarini amalga oshiradi.
1.7. Olingan so‘rov belgilangan me'yorlarga mos bo‘lganida Xizmatlar Provayderi Bankda
operatsiyadan o‘tish uchun Avtorizatsiyaga so‘rov yuboradi.
1.8. Bank ro‘yxatga o‘tish ma'lumotlariga muvofiq Sayt/Internet-Maydonning operatsiyani
amalga oshirish huquqini tekshiradi.
1.9. Bank XTT belgilagan tartibga muvofiq Tranzaksiyaning Avtorizatsiyasini amalga oshiradi.
1.10. Bank Tranzaksiyani Avtorizatsiyadan o‘tkazishda salbiy natija olganida, Bank Xizmatlar
Provayderi ADK siga operatsiya bekor bo‘lganligi haqida xabar yuboradi, u, o‘z navbatida, ushbu
ma'lumotni Sayt/Internet-Maydonga va Xaridorga, bekor qilinish sababini ko‘rsatgan holda
yuboradi.
1.11. Tranzaksiyaning Avtorizatsiyasi ijobiy natija berganida Bank Xizmatlar Provayderi ADK
siga ijobiy natija tasdiqlanganligini yuboradi.
1.12. Xizmatlar Provayderi ADK si bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan Avtorizatsiya operatsiyasining
ijobiy natijasi tasdig‘ini Sayt/Internet-Maydon va Xaridorga yuboradi.
1.13. Avtorizatsiya operatsiyasidan ijobiy natija to‘g‘risida tasdiq olinganidan so‘ng Sayt/Internet-
Maydon Xaridorga xizmat ko‘rsatadi (ishni amalga oshiradi/tovarni beradi).
1.14. Umumiy shartlarga muvofiq, Bank mablag‘larni SSK ning Bankdagi hisobvarag‘iga
ko‘chiradi.
1.15. SSK ga pul mablag‘larining ko‘chirilishi Bank Umumiy shartlarning 3.1.4-bandida
ko‘rsatilgan muddatda Avtorizatsiyalangan Tranzaksiyalarning yuborilgan inkassatsiya to‘plamini
qayta ishlaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: