"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

3.5. Mijozning huquqlari: 
3.5.1. Shartnoma asosida, keyingi hisobvaraqlarni ochish va/yoki tegishli arizani yuborib, 
Shartnoma Ilovalarida nazarda tutilgan bank xizmatlarini olish uchun Ariza qoldirish. 
3.5.2. Bankka murojaat qilib, Autentifikatsiya ma’lumotlarini o’zgartirish. 
3.5.3. Qo'shimcha xizmatlarni ulash/o'chirish (agar Bankda bunday xizmat mavjud bo'lsa) 
yoki xizmatlardan voz kechish orqali belgilangan tariflar doirasida kompleks bank xizmatlarini 
ko'rsatish shartlarini tanlash. 
4. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 
 
4.1. Tomonlar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma bo'yicha 
o'z majburiyatlarini bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) uchun javobgar. 
4.2. Tomonlar shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganligi 
uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bajarmaslik yengib bo’lmas kuch, ya’ni, Shartnoma 
kuchga kirgandan keyin yuzaga kelgan ushbu sharoitlarda favqulodda va muqarrar holatlar 
oqibatida yuzaga kelsa. Yengib bo’lmas kuch holatlarining ta'sirini Tomonlar vakolatli 
organlarning hujjatlari bilan tasdiqlashi kerak. Yengib bo’lmas kuch holatlarining boshlanishi 
to'g'risida Tomonlar ushbu voqealar sodir bo'lganidan boshlab 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay 
bir-birlarini xabardor qilishga majburdirlar. 
4.3. Yengib bo’lmas kuch sharoitlariga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzilalar, 
ko'chkilar, bo'ronlar, qurg'oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, 
blokadalar, davlat manfaatlari uchun import va eksport taqiqlari va boshqalar) tufayli yuzaga 
kelgan, tomonlarning irodasi va harakatlariga bog’liq bo’lmagan, ular tufayli tomonlar qabul 
qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda, muqarrar va kutilmagan holatlar. 
Shartnomaning ushbu bandida ko'rsatilgan yengib bo’lmas kuch holatlari to'g'risida Bank 
o'z vaqtida yoki to'liq xabardor qilinmagan taqdirda, Mijoz ushbu holatlarning mumkin bo'lgan 
salbiy oqibatlari uchun javobgardir. 
4.4. Bank Mijozning vakolatsiz shaxslari toponidan berilgan topshiriqlarni bajarish 
oqibatida Mijozga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas. 
4.5. Tomonlar ma’lumot yuborish va ma’lumot almashish API kanallarining xavfsizligini, 
ma’lumotlarning saqlanishi, yaxlitligi va ishonchliligini, shuningdek bank siriga qat’iy rioya 
qilinishi hamda mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari saqlanishini ta’minlaydi. 
4.6. Agar Bankning vakillik hisobvarag'i bo' yicha operatsiyalar amalga oshirilmasa yoki 
ularning bajarilishi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Korrespondent banklar, to'lov 
tizimlari va Bankning korrespondentlik hisobvarag' i bo'yicha operatsiyalar bajarilishini 
ta'minlaydigan shu kabilarning harakatlari (harakatsizligi) natijasida kechiktirilsa, Shartnoma 
bo'yicha Mijozning topshiriqlari o'z vaqtida bajarilmaganligi uchun Bank javobgar bo'lmaydi. 
4.7. Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarayotganda Tomonlar va ularning 
xodimlari O’zR ning amaldagi qonunchiligiga asosan korrupsiyaga oid, shu jumladan pora berish, 
pora olish, poraxo'rlikda vositachilik qilish, xizmat mavqeyi yoki vakolatlarini suiste'mol qilish, 
tijorat poraxo'rligi kabi baholanadigan harakatlarni amalga oshirmasliklari, o’zi yoki uchinchi 
shaxslar foydasi uchun yoki boshqa noqonuniy ustunliklarga ega bo’lish maqsadida istalgan 
shaxslarga, shu shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir o’tkazish uchun istalgan shaklda, 
shu jumladan sovg’a, huquqlar, xizmatlar, mulk taqdim etish orqali bevosita yoki bilvosita pul 
vositalarini to’lash yoki qimmatbaho buyumlar berishni taklif etmaydi va to’lanishiga yo’l 
qo’ymaydi.


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin