Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Mijoz xizmatlar uchun to'lagan Vositachilik haqi Bank tomonidan qaytarib berilmaydi.
7.10. Bank Shartnomani sudsiz bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega, bunga
Mijoz quyidagi holatlarda rozilik bildiradi:
7.10.1. Hisobvaraqlardan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish,
terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida
foydalanishga asosli shubha bo'lgan holatda. Bunday holatda Shartnoma Bank tashabbusiga ko'ra
Shartnomani bekor qilish to'g'risidagi xabar Mijozga yo'naltirilgan kundan 3 (uch) taqvim kuni
ichida bekor qilingan hisoblanadi;
7.10.2. 12 (o'n ikki) taqvim oyi davomida Hisobvaraqda pul vositalari bo'lmaganida va/yoki
Hisobvaraq bo'yicha operatsiyalar amalga oshirilmaganida va/yoki hisobvaraqda Tariflarga
muvofiq doimiy to'lovlarni to'lash uchun pul mablag'lari yetishmaganida Bank Shartnomani bekor
qilish huquqiga ega. Bunda Bank Mijozga qog'ozda yoki Masofadan xizmat ko'rsatish (ibank)
kanallari vositasida ogohlantirish yo'naltirgan sanadan 30 (o'ttiz) taqvim kuni o'tganidan so'ng, agar
Mijoz yuqorida ko'rsatilgan muddatda Hisobvaraqqa Qarzdorlikni so'ndirish uchun yetarli hajmda
pul mablag'lari kiritmasa va/yoki Hisobvaraq bo'yicha hech bo'lmasa bir operatsiyani amalga
oshirmasa Shartnoma bekor qilingan, Hisobvaraq esa yopilgan hisoblanadi.
7.10.2. ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan Ilovalarda ko'rsatilgan Umumiy
shartlar bilan belgilangan boshqa holatlarda.
Dostları ilə paylaş: