"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Arizada berilgan ma'lumotlarning ishonchliligi va haqiqiyligi uchun javobgarlik 
Mijozning zimmasida; 
5.2. Mijozning Arizasini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish javobgarligi Bankning zimmasida; 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
5.3. Bank ushbu bilan Ariza kontekstida Mijozning aybi bilan yuzaga kelgan xatoliklar 
uchun javobgar emas; 
5.4. Bank Mijozning Bankdan xarid qilingan valyuta mablag‘laridan keyinchalik 
foydalanishi yoki Mijozning kontragentlari/bank kontragentlariga siyosiy-iqtisodiy 
sanksiyalar belgilanishi tufayli foydalana olmasligi uchun javobgar emas. 
6. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA HOLATLAR
6.1. Mazkur Shartlar bo‘yicha o‘zining mos keluvchi majburiyatlarini bajarganda, Mijoz 
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017-yildan "Korrupsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida"gi Qonuni, AQSH ning xorijda korrupsiya amaliyotiga qarshi kurash 
to‘g‘risidagi Federal qonuni, (FCPA) va O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanadigan barcha 
boshqa qonun va qoidalari hamda istalgan boshqa mamlakatlarning qo‘llanadigan 
qoninchiligiga rioya qilishga roziligini bildiradi (keyingi o‘rinlarda - Qo‘llanadigan 
antikorrupsiya qonunchiligi). Yuqirida kelritilganlarni hech qanday yo‘l bilan 
cheklamasdan, Mijoz istalgan davlat xizmatchisi, xalqaro ijtimoiy tashkilot yoki istalgan 
siyosiy partiyaning mansabdor shaxsini (bu xoh davlat xizmatchisi yoki xususiy shaxs yoki 
Bank xodimi bo‘lsin) istalgan shaxsga biznesga ega bo‘lish yoki uni saqlab qolishga 
ko‘maklashishi maqsadida har qanday qarorlarni qabul qilishga undash yoki istalgan 
Tomonga mazkur Shartlarda yengillik beradigan har qanday boshqa harakatlarni amalga 
oshirish maqsadida dunyoning biror bir mamlakatida bevosita yoki uchinchi shaxslar 
yordamida pul mablag‘larini to‘lamaslik yoki qimmatbaho buyumlarni bermaslik
to‘lashni va'da qilmaslik yoki bunga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi. 
6.2. Mijozning talabi bo‘yicha Bank yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya qilinganligini 
yozma tasdiqlashi hamda Mijozda mazkur hujjatlar hamda ushbu Umumiy shartlarni Bank 
talablariga muvofiq ijro etish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan istalgan oqilona 
savollariga javob berishi lozim. 
6.3. Bank va Mijoz mazkur Umumiy shartlarni ijro qilish maqsadida, shuningdek Mijoz 
bilan xorijiy valyutani sotib olish-sotish bo‘yicha oldinroq imzolangan barcha 
shartnomalarni (keyingi o‘rinlarda Kelishuv) ijrosini bajarish davomida, Mijoz mazkur 
Umumiy shartlarni bajarishi natijasida olingan barcha mablag‘lar Qo‘llanadigan 
antikorrupsiya qonunchiligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid 
maqsadlarda ishlatilmasligi yoki ishlatilmaganligini tasdiqlashi to‘g‘risida kelishib olishdi. 
6.4. Mijoz mazkur Shartlarni 3-moddasida keltirilgan majburiyatlarini bajarmaganligiga 
tegishli yoki bu bilan bog‘liq istalgan da'vo, zarar, xarajat va boshqa xarajatlarni qoplash 
to‘g‘risida talablardan kelib chiquvchi Bankning barcha zararini qoplab berish 
majburiyatini oladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin