"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

5. BANK SIRI 
5.1. Bank "bank siri to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mijozning bank 
sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarini sir saqlanishini kafolatlaydi. 
5.2. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar faqat mijozning yozma murojaatiga asosan uning 
o'ziga yoki uning ishonchli vakiliga shuningdek "bank siri to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi 
Qonuniga asosan boshqa shaxslarga taqdim etilishi mumkin. 
5.3. Bank mijozga pullik axborot xizmatlarini taqdim qilishda, texnik xizmat ko'rsatuvchi 
shaxslarga bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni yuborish bank sirini oshkor etish 
hisoblanmaydi deb taraflar bilan kelishilgan. 
6. BANK XIZMATLARI UCHUN TO'LOVLARNING MIQDORI VA TO'LASH 
TARTIBI 
 
6.1. Ushbu Shartlarni qabul qilib, Mijoz Bankning rasmiy veb-saytida ko'rsatilgan yuridik shaxslar 
va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish uchun standart tarif shartlariga obuna bo'ladi. 
Shu bilan birga, Mijoz, agar bunday tarif rejasi/paketi uchun belgilangan mezon/shartlarga javob 
bersa, Bankning tarif rejalari/paketlariga ulanish huquqiga ega. 
6.2. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 780-moddasiga muvofiq, mijoz bankning 
hisobvaraqda turgan pul mablag'lari bilan operasiya qilish bo'yicha xizmatlariga ushbu shartlar va 
bank tariflarida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to'laydi. 
6.3. Bank hisobvarag'i bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun mijoz tomonidan to'lanadigan xizmat 
haqi miqdori xizmat ko'rsatish sanasida amalda bo'lgan, bank tomonidan tasdiqlangan tariflar 
asosida belgilanadi. 
6.4. Mijozga ko'rsatilgan xizmatlar uchun vositachilik haqi bank tomonidan mijozning 
hisobvarag'idan mablag'larni aktseptsiz tartibda hisobdan chiqarish yo'li bilan undirib oladi. 
6.5. Mijozning bank hisobvarag'ida mablag'mavjud bo'lmaganda yoki etarli bo'lmaganda, 
to'lanmagan xizmat haqlari bo'yicha bank tomonidan aktseptsiz to'lov talabnomalariyoki memorial 
orderlar o'rnatilgan tartibda mijozning 2-sonli kartotekasiga joylashtiriladi va ijro etiladi. 
6.6. Sumdagi chek daftarchasi buyicha xizmat kursatilganligi uchun mijoz bankka operasiya 
o'tkazilgan sanada amalda bo'lgan bank tariflari asosida to'lovni amalga oshiradi. 
6.7. Mijozning bank hisobvarag'iga kelib tushgan pul mablag'larini kiritib qo'yish uchun 
vositachilik haqi olinmaydi. 
6.8. Ish haqi va qonunchilikda belgilangan boshqa extiyojlar uchun naqd pul mablag'larini 
berilishida vositachilik haqi olinmaydi. 
6.9. Mijoz kichik tadbirkorlik sub'ekti hisoblansa bank hisobvaraqlaridan O'zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlar va unga tenglashtirilgan boshqa majburiy to'lovlar 
to'lashda bank xizmati xaqi olinmaydi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin