"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 
Taraflardan biri shartlar majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda
ushbu taraf boshqa tarafga etkazilgan zararni to'laydi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo'ladi. 
7.1. Bankning javobgarligi: 
7.1.1. Mijozning bank hisobvarag'i bo'yicha operasiyalarini o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi. 
7.1.2. Mijozning bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarini noqonuniy ravishda oshkor 
qilinmasligi. 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
7.1.3. Mijozning qonunchilikda belgilangan tartibda bank hisobvaraqlariga mablag'larni hisobga 
kiritish tartibini buzganlik va bank hisobvarag'idan mablag'larni asossiz ravishda hisobdan 
chiqarganlik uchun. 
7.1.4. Bank tomonidan elektron to'lovlarni amalga oshirishning qonunchilikda belgilangan 
muddatlari buzilgan taqdirda, bank mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun elektron to'lov 
summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq kechiktirilgan elektron to'lov summasining 10 foizidan 
ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'laydi. 
7.1.5. Bank mijozning bank hisobvarag'idagi mablag'larini uning topshirig'isiz yoki roziligini 
olinmasdan (aktseptlanmagan), bank tomonidan (qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan 
hisobdan chiqarish holatlari bundan mustasno) hisobdan chiqarilgan (o'tkazib berilgan) taqdirda, 
ushbu mablag'larni bank hisobvarag'iga tiklaydi va boy berilgan foydani qonunchilikda 
belgilangan tartibda qoplab beradi. 
7.1.6. Bank aybi bilan elektron to'lovlarni xato amalga oshirilgan taqdirda bank mablag'larni 
oluvchining hisobvarag'iga xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o'tkazishi 
zarur. Aks holda, mijoz qonunda belgilangan tartibda bankdan mablag'larni qaytarilishini talab 
qilish, shuningdek har bir kechiktirilgan kun uchun xato amalga oshirilgan elektron to'lov 
summasining 0,1 foiz miqdorida, biroq xato amalga oshirilgan elektron to'lov summasining 10 
foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'lanishini talab qilishga xaqli. 
7.2. Mijozning javobgarligi: 
7.2.1. Mijoz bank hisobvarag'i bo'yicha o'tkazilgan operasiyalarning qonuniyligi uchun 
javobgardir. 
7.2.2.Mijoz bankka hisobotlarning o'z vaqtida taqdim etilishi va to'g'ri rasmiylashtirilishi, hamda 
bankka taqdim qilingan hujjatlarda qayd etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgardir. 
7.2.3. Mijoz axborot xizmatiga ulangan uyali telefon raqami/elektron pochta manzili o'zgarganda 
yoki uyali telefon raqami/ elektron pochta manzili o'chirilganda bankka yangi uyali telefon 
raqami/elektron pochta manzilini ulash uchun o'z vaqtida ariza taqdim etish uchun javobgardir. 
7.2.4. Hisobvaraq egasi unga ko'chirmalar berilganidan keyin ikki ish kuni mobaynida bankka 
hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan summalar haqida yozma ravishda xabar qilishi 
shart. Ko'rsatilganmuddat ichida mijoz o'z e'tirozini bildirmasa, bajarilgan amaliyotlar hamda 
hisobvaraqdagi mablag'qoldig'i tasdiqlangan hisoblanadi. 
7.2.5. "I-bank" tizimi orqali olingan elektron yoki chop etilgan xujjatlarning (hisobvaraqdan 
ko'chirmalar, bankdan xatlar va boshqalar) butligi va maxfiyligi uchun javobgardir. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin