"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

11.SANKTSIYALARGA OID SHARTLAR 
11.1. Tomonlar ushbu shartlarni 11.2-bandida ko'rsatilgan hamda mijoz o'z biznesini 
sanktsiyalarga qat'iy rioya qilgan holda buzmasdan vijdonan olib borganligi va amalga 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
oshirayotganligi, mijoz shartlar qabul qilgan sanadan boshlab sanktsiyalarni qo'llash va amalga 
oshirishga qaratilgan, shu jumladan, ushbu bilan cheklanmagan holda tushuniladigan AQSh 
Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (Office of Foreign Assets 
Control of U.S. Department of the Treasury) yoki AQSh xukumatning har qanday boshqa organi, 
departamenti yoki agentligini, Birlashgan Millatlar tashkiloti, Buyuk Britaniya, Evropa Ittifoqi 
yoki Evropa Ittifoqiga a'zo har qanday davlatlarning har qanday iqtisodiy yoki moliyaviy 
sanktsiyalarga olib keladigan siyosat va tartiblariga rioya qilishi va bajarishi kafolati asosida 
tuzadilar.
11.2. Mijoz kafolat beradi, tasdiqladi va ta'minlash majburiyatini oladi: 
(a) na mijoz, na uning filiallari, na aktsiyadorlari yoki mijozning har qanday aktsiyadorlari 
sanktsiyalangan shaxslar hisoblanmaydi va Evropa Ittifoqining sanktsiyalar ro'yxatiga, va (yoki) 
Buyuk Britaniya va (yoki) sanktsiyalar ro'yxatida SDN (Specially Designated Nationals and 
Blocked Persons List - maxsus tayinlangan fuqarolar va bloklangan shaxslar ro'yxati), CAPTA 
(List of Foreign Financial Institutions Subject to Correspondent Account or Payable-Through 
Account Sanctions - hisob sanktsiyalari orqali - xorijiy moliya institutlarining ro'yxati, 
Korrespondent hisob yoki to'lov hisobini ochish yoki yuritish taqiqlangan yoki bir yoki bir nechta 
qat'iy shartlarga rioya qilingan holda), NS-MBS (Non-SDN Menu-Based Sanctions List - SDN ga 
asoslanmagan sanktsiyalar ro'yxati), AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish 
boshqarmasi tomonidan boshqariladigan (Office of Foreign Assets Control of U.S. Department of 
the Treasury) shuningdek, yoki har qanday ekstraterritorial ta'sirga ega bo'lgan boshqa sanktsiyalar 
ro'yxatiga kiritilmagan. 
(b) na mijoz, na uning affillangan shaxslari va/yoki aktsiyadorlari iqtisodiy sanktsiyalar bilan 
ta'qiqlangan har qanday shaxs yoki tashkilot bilan hech qanday bitimlar yoki bitim tuzishda yoki 
iqtisodiy santsiyalarni buzish extimoli bo'lgan har qanday shaxslar yoki sanktsiyalangan 
shaxslarga foydasiga qo'llanadigan bitimlar tuzida qatnashmagan va qatnashmaydi. 
(c) mijoz sanktsiyadagi shaxslar bilan yoki ularning manfaati uchun to'lovlarni amalga oshirmaydi 
va hech qanday kelishuv, bitim, shartnoma bo'yicha to'lovlarni amalga oshirmaydi. 
(g) Agar mijozning qandaydir kafolati yolg'on, ishonchsiz va (yoki) noaniq yoki ushbu 
shartnomaning
11.2-bandda ko'rsatilganlardan biri mijoz tomonidan ta'minlanmasa, mijozning to'lov 
topshiriqnomalarini amalga oshirishda pul mablag'larini qaytarish, blokirovka qilish, muzlatish, 
yoqotish uchun moddiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday holda, mijoz bankka ushbu 
shartnomaning 11.2-bandda nazarda tutilgan majburiyatni mijoz tomonidan buzganligi sababli 
yoki mijozning bunday kafolatining ishonchsizligi yoki noto'g'riligi natijasida yoki shu bilan 
bog'liq holda yuzaga kelgan, boshqa tomonning so'rovi olingan kundan boshlab 10 (o'n) ish 
kunidan kechiktirmay etkazilgan to'g'ridan-to'g'ri va (yoki) bilvosita zararni qoplashi shart. Shu 
bilan birga, bank shartnomani bir tomonlama rad etish kutilayotgan sanadan 3 kalendar kun oldin 
mijozga xabarnoma yuborish orqali shartnomani qisman yoki to'lik bajarishni bir tomonlama rad 
etishga xaqli. 
D) mijoz mijozning hisobvaraqi orqali Markaziy bankning normativ xujjatlari, O'zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi va sanktsiyalar ro'yxati bilan taqiqlangan soxalarda faoliyat yurituvchi 
xorijiy davlatlardan kelgan shaxslar foydasiga to'lovlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi. 
11.3. Mijoz tasdiqlaydi va biladiki, mijoz tomonidan santsiyalar talablarini bajarilmagan taqdirda, 
bankni mulkiy/ nomulkiy javobgarlikdan ozod qilish majburiyatini oladi.
- bank vakolatli organlar va vakillik banklari (AKSH, Evropa Ittifoki, Buyuk Britaniya va x.k.) 
tomonidan salbiy chora-tadbirlar (mablag'larni blokirovka qilish) ko'llanilishi uchun javobgar 
emas; to'lovni rad etish va x.k.) va mijozga har qanday sanktsiyalarning (shu jumladan, tegishli 
ro'yxatlar, OFAC, EU Sanctions Map i OFSI, SDN i CAPTA ro'yxatlari) amal qilishi, sanktsiyalar 
natijasida bank tomonidan shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga 
qaramay, shartnoma bo'yicha bankning majburiyatlari bajarilmay yoki lozim darajada bajarilmay 
qolish bilan bog'liq etkazilgan zararni qoplash majburiyatini olmaydi. 
- bank boshqa mamlakatlar qonunchiligi bilan operasiyalari cheklangan yoki taqiqlangan banklar 
va/yoki kontragentlar foydasiga bankda ochilgan hisobvaraq orqali mijoz va/yoki uning mijozlari 
mablag'larini transchegaraviy o'tkazmalarni amalga oshirmaslik xuquqiga ega (lekin bular bilan 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
cheklanmagan holda, tegishli ro'yxatlar, shu jumladan OFAC, EU Sanctions Map i OFSI, SDN i 
CAPTA ro'yxatlari). Bunda bank tomonidan mijozning topshiriqlari /ko'rsatmalarini 
bajarmaganligi uchun mijozning o'zi xamkorlari oldida yakka tartibda javobgar bo'ladi. 
- Mijozning hisobvarag'iga har qanday sanktsiya ro'yxatidagi shaxslardan mablag'lar kelib tushgan 
taqdirda yoki xo'jalik yurituvchi subektlar tomonidan shartnoma va tashqi savdo operasiyalari 
bo'yicha yagona axborot tizimiga (va boshqa davlat tizimlariga) kiritilgan ma'lumotlar o'rtasida 
tafovutlar aniqlanganda, shuningdek, mijoz tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga 
muvofiq talablar bajarilmaganligining boshqa holatlari mavjud bo'lganda, bank kelib tushgan pul 
mablag'larini holatlar aniqlanguniga qadar mijozning tranzit xisobvarag'iga o'tkazishga va olingan 
mablag'larni uni yuborgan shaxsga qaytariga xaqli. 
Bank mijozning transchegaraviy o'tkazmalarini amalga oshirganda, bank komplaens nazoratini 
amalga oshirish uchun zarur bo'lgan xujjatlarni talab qilishga haqli. 
Mijozning topshiriqlari bank tomonidan quyidagi hollarda bajarilmaydi: 
- agar topshiriqda qalbakilashtirish, tuzatishlar, qo'shimchalar va dog'lar belgilari mavjud bo'lsa, 
shu jumladan ko'rsatma ruxsatsiz to'lovlardan himoya qilish tartibini buzgan holda topshirilgan 
bo'lsa; 
- pul o'tkazish yo'riqnomasini tuzish va taqdim etish tartibiga ko'yiladigan talablarga va (yoki) 
O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida va (yoki) shartnoma shartlarida belgilangan boshqa 
talablarga, shu jumladan rekvizitlarni to'liq ko'rsatmaslik; pul oluvchining ma'lumotlarini noto'g'oi 
ko'rsatish; 
- so'ralgan xujjatlar, shu jumladan valyuta nazorati va moliyaviy monitoring sub'ekti sifatida bank 
tomonidan talab qilinadigan xujjatlar bank tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi; 
- amaliyotning O'zbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligiga va/yoki ushbu 
shartnomaga zidligi; 
- vakolatli organlarning chiqim operasiyalarini to'xtatib turish to'g'risidagi farmoyishi, ta'qiq 
mavjudligi; 
- ruxsat etilmagan to'lovni aniqlash, shuningdek benefisiar foydasiga o'tkazilgan pul mablag'larini 
olishning noqonuniyligi to'g'risidagi asosli faktlar aniqlangan va tasdiqlangan hollarda; 
- tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
bo'yicha ichki nazorat qoidalarida nazarda tutilgan hollarda; 
- agar mijoz halqaro sanktsiyalar talablarini buzsa va/yoki bank mijozning halqaro sanktsiyalar 
talablarini buzish niyatidan xabardor bo'lsa; 
- agar bankda hisobraqamdan halqaro sanktsiyalar talablarini buzgan holda foydalanilmoqda deb 
hisoblash uchun asoslar mavjud bo'lsa;
- mijozga va (yoki) uning filiallariga qarshi har qanday mamlakat (masalan, OFAS) yoki halqaro 
tashkilot (shu jumladan, FATF va BMT) yurisdiktsiyasiga muvofiq kiritilgan sanksiyalar 
mavjudligi; 
- bank mijozning ushbu shartlarda ko'rsatilgan majburiyatlarga zid bo'lgan operasiyalari 
aniqlangan taqdirda, bunday mablag'larni o'tkazish bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslikka haqli.
Mijozning pul mablag'larini o'tkazish to'g'risidagi topshirig'ini bajarish munosabati bilan bankka 
jarimalar (boshqa mulkiy/nomulkiy sanktsiyalar) qo'yilgan taqdirda, mijoz bankka qo'llanilgan 
sanktsiyalar tufayli bankka etkazilgan har qanday zararni to'lash, shuningdek, bunday jarimalarni 
qoplash majburiyatini oladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin