Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning
hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatishning umumiy shartlariga
4-ILOVA
“O’zmilliybank” AJ da hisobvaraq ochish uchun talab etiladigan
HUJJATLAR RO'YXATI
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar
hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
-
imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
-
mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi
hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi
namunadagi haydovchilik
guvohnomasi).
Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan milliy va chet el
valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar
taqdim qilinadi:
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
-
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
-
tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis
hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar,
shuningdek yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini
tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi
yoxud yangi namunadagi
haydovchilik guvohnomasi);
-
soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma).
Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallariga talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim
qilinadi:
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
-
rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallarining iltimosnomasi
(iltimosnomada “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” va “Xos raqami” (mijoz kodi)
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
-
rezident yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va (yoki) filiallari tomonidan
imzolar
namunalari qo‘yilgan varaqcha;
-
vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat hamda vakolatxona yoki
filial nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati
(biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik
guvohnomasi).
Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar
(diplomatik
vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, tijorat faoliyatini amalga
oshirmaydigan boshqa xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari hamda doimiy muassasalar),
tovar-
xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni
sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar, shuningdek kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari
ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslar (bundan buyon matnda
norezident yuridik
shaxs deb yuritiladi) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi
hujjatlarni taqdim qiladilar:
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
-
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari
tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning
nusxasi;
-
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
-
norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash
vakolatiga ega shaxsning
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi
namunadagi haydovchilik guvohnomasi);
-
norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav)
hamda ularga
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan
nusxasi;
-
tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik
shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident
yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi
shartnoma nusxasi;
-
kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va
kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
-
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik
shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan rasmiy kurslari
belgilanadigan chet el valyutalarida bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgunlariga qadar
ta’sischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el
valyutasida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ta’sischilar (ishtirokchilar)
murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar (ishtirokchilar)
nomidan vakil qilingan
shaxs tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
-
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
-
ta’sischilar nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini
tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi
haydovchilik guvohnomasi).
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin yuridik shaxslarga mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda
asosiy hisobvaraq ochilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar
ularning topshiriqlari asosida asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-
kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Dostları ilə paylaş: