"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

3.
 
ELEKTRON HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI.
 
3.1. Barcha hisob operatsiyalarini amalga oshirish hamda Tizim bo'yicha barcha ma'lumotlarni 
olish Mijoz tomonidan Bank bilan aloqa seanslari vaqtida On-Line rejimda amalga oshiriladi.
3.2. Tomonlar elektron shaklda 1.3-bandda keltirilgan elektron hujjatlarni, shuningdek 
Tomonlarning yozma kelishuviga binoan 1.3 bandga qo'shimcha tarzda kiritilishi mumkin bo'lgan 
har qanday elektron hujjatlarni Tizim bo'yicha yuborish yoki qabul qilish huquqiga ega. Boshqa 
ma'lumotlarning Tizim bo'yicha yuborilishiga yo'l qo'yiladi, lekin bu ma'lumot mazkur Shartlar 
bo'yicha majburiyatlar yuzaga kelishiga asos hisoblanmaydi. 
3.3. Mijoz 1.3 va 3.7-bandlarga muvofiq ETH ni shakllantiradi va Bankka yuboradi, shuningdek 
uni ijro etish bo'yicha yo'riqnoma beradi (ERI o'rnatadi). ETH qabul qilinganida Tizim unda 
rekvizitlar to'g'riligini tekshiradi va uni Bank ma'lumotlar bazasiga saqlaydi, ETH ijro etishga 
yo'riqnoma qabul qilinganida esa ERI to'g'riligini qo'shimcha tekshiradi va tekshiruvdan ijobiy 
natija olinganida ETH ni ijroga qabul qiladi. 
3.4. ERI to'g'ri bo'lmagan holatda Mijoz tekshiruvning salbiy natijasi va mos ravishda ETH ni 
ijroga qabul qilishdan bosh tortilganligi haqida xizmat elektron xabarini oladi. 
3.5. Tizim ETH holatlarini o'zgartirish orqali Bankda ETH ning joriy holati to'g'risidagi 
ma'lumotlarni (qabul qilingani, ijroga olingani, bajarilgani yoki ijrodan bosh tortilgani) avtomat 
tarzda aks ettiradi. Joriy holatni aks ettiruvchi ETH holatlarini Mijoz Bank bilan aloqa seanslari 
vaqtida mustaqil kuzatishi mumkin. 
3.6. Mijozning ETH i, agar u Mijoz tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilgan, ERI 
tasdiqlangan hamda Tizimda ijro etishga yuborilgan, Bank tomonidan esa qabul qilingan
tekshirilgan va ijroga olingan bo'lsa mazkur Shartlarga binoan majburiyatlar yuzaga keltiradi. ETH 
ijroga qabul qilinganligining dalili Tizimda ETH holatining "Qabul qilindi"ga o'zgarishi 
hisoblanadi. 
3.7. Bankka ijro etishga yo'riqnoma bilan jo'natilganidan keyin aloqa seansi vaqtida ushbu 
ma'lumot Mijoz tomonidan tekshirilganida bir soat davomida ETH holati o'zgarmagan holatda 
(Bankda belgilangan ish rejimini e'tiborga olgan holda) Mijoz Bankda javobgar ijrochidan 
tushuntirish talab qilishi mumkin. 
3.8. Bank Mijozga Tizim yordamida u Tizimdan foydalanishni boshlagan sanadan boshlab istalgan 
davr uchun Tizimidan foydalanib amalga oshirilgan barcha Mijoz ETH lari ro'yxatiga ega 
reestrlarni taqdim qiladi. 
3.9. Mijoz Tizim yordamida u Tizimda amalaga oshirgan barcha ETH bo'yicha to'lov 
hujjatlarining asllarini shakllantiradi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin