11. FORS-MAJOR. 11.1. Bank mazkur Shartlar bo'yicha majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajarmaganlik uchun
javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bajarmaslik yengib bo'lmas kuch sharoitining oqibati
hisoblansa: mazkur Shartlar akseptlangandan so'ng yuzaga kelgan yong'in, toshqin, zilzila, boshqa
tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, har qanday hukumat organi tomonidan chiqarilgan qonunchilik
hujjatlari, qarorlar va boshqa yozma ko'rsatmalar, bunda ushbu sharoitlar Bankning o'z
majburiyatlarini bajarishiga bevosita ta'sir qilishi inobatga olinadi.
11.2. Yengib bo'lmas kuch sharoitlari yuzaga kelganida Bankning mazkur kelishuv bo'yicha
majburiyatlarini bajarish muddati mos keluvchi sharoit ta'sir vaqtiga muvofiq kechiktiriladi. 1
oydan ortiq muddat majburiyatlarni bajarish imkonsiz bo'lganida Mijoz Shartlar bo'yicha
xizmatlardan foydalanishni to'liq yoki qisman to'xtatish huquqiga ega, u buning uchun hech
qanday javobgarlikka ega bo'lmaydi.
11.3. Agar Bank o'z majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lmasa, u boshqa Tomonni keltirilgan
holatlarning boshlanishi va yakunlanishi haqida zudlik bilan, lekin istalgan holatda, ular ta'siri
boshlanganidan 15 taqvim kunidan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
12. QO'SHIMCHA SHARTLAR. 12.1. Mazkur Shartlarga barcha qo'shimcha, o'zgartirish, ilovalar, agar ular yozma shaklda
tuzilgan, tomonlarning mas'ul vakillari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan
holatda yuridik kuchga ega bo'ladi.
12.2. Mazkur Shartlarga ushbu kelishuvning 12.1-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan barcha
ilovalar, qo'shimchalar, o'zgartirishlar mazkur Shartlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
12.3. Ushbu Shartlar Bank Mijozning hisob-pul operatsiyalarini amalga oshirishi bo'yicha Mijoz
akseptlagan ommaviy oferta Shartnomasi doirasida qabul qilinadi.
12.4. Mazkur Shartlarning qoidalari bilan tartibga solinmagan tomonlarning barcha boshqa
munosabatlari ommaviy oferta Shartnomasi qoidalari bilan tartibga solinadi. Bunday holatda
ommaviy oferta Shartnomasi tushunchalari va aniqlanishlaridan foydalaniladi.
12.6. Shartlar Bankning rasmiy saytida (
www.nbu.uz
) va Ibank Tizimida e’lon qilinadi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Ibank dasturiy kompleksi orqali Mijozlarga
xizmat ko‘rsatishning umumiy shartlariga