Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki" AJ da yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks
bank xizmatlarini ko‘rsatish Shartnomasiga
4-ILOVA
Korporativ kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko'rsatishning
UMUMIY SHARTLARI
TERMIN VA ATAMALAR
Bank
- "O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ.
Karta
- Bank tomonidan karta Egasining nomiga chiqarilgan so'm korporativ plastik kartasi
Karta Egasi
- Tashkilotning arizasiga ko'ra nomiga Karta chiqarilgan xodim.
Savdo terminali
- Kartadan foydalanib operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan
elektron dasturiy-texnik qurilma.
MKSKH
- Bankda karta Egasining nomiga karta bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish
uchun ochilgan maxsus korporativ so'm karta hisobvarag'i.
Umumiy shartlar
- Korporativ kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko'rsatishning mazkur
Umumiy shartlari, unga barcha ilova va qo'shimchalar, yozma yo'riqnomalar, bank jarayonlari va
xabarlari.
Yo'riqnoma
- so'm korporativ plastik kartadan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma
Korxona
- O'zbekiston Respublikasi hududida xizmatlar/tovarlar uchun to'lov
sifatida
Kartani qabul qiluvchi yuridik shaxs
Xodim
- Karta Egalariga izmat ko'rsatuvchi Korxona ishchilari.
Dostları ilə paylaş: