11. MAXFIYLIK 11.1. Tomonlar bank va tijorat siri, shuningdek ularga Umumiy shartlarga muvofiq oshkor bo’lgan
har qanday maxfiy ma’lumotlarni saqlash va oshkor qilmaslikni ta’minlash majburiyatini oladi.
11.2. Karta Egalari va ulardan foydalanib amalga oshirilgan operatsiyalar to’g’risidagi ma’lumot,
shuningdek Kartalarning o’zi haqida ma’lumot Bank siri hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan tartib va asoslarda taqdim qilinadi.
11.3. Tomonlar Kartalar va dasturiy-texnik vositalarda bajariladigan operatsiyalar haqida
ma’lumotlarni himoyalashda xalqaro to’lov tizimlari tomonidan o’rnatilgan talablarga rioya
qilishadi.
11.4. Tomonlar Bankning “Bank siri to’g’risida”gi Qonunda ko’zda tutilgan holatlarda bank siri
hisoblanuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga, shuningdek Bankning Karta Egasiga SMS va
E-mail-xabarnoma kabi axborot xizmatlarini, shuningdek shaxsiy WEB va IVR kabinetlari orqali
texnik xarakterdagi xizmatlarni ko’rsatuvchi shaxslarga xabar qilishi yoki taqdim etishi bank sirini
oshkor qilish hisoblanmasligiga rozilik bildirishadi.
12. NIZOLARNING HAL QILINISHI 12.1. Tomonlar o’rtasida mazkur Umumiy shartlarni bajarmaganlik tufayli yuzaga kelib chiqqan
barcha nizo va kelishmovchiliklar o’zaro kelishuvlar yo’li bilan hal qilinadi.
12.2. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni kelishuvlar yo’li bilan hal qilish imkonsiz bo’lgan
holatda Tomonlar o’rtasidagi nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga
muvofiq hal qilinadi.
13. YAKUNIY QOIDALAR 13.1. Mazkur Umumiy shartlar bilan tartibga solinmagan barcha masalalarda Tomonlar
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xalqaro to’lov tizimlarining me’yorlari,
Bankning ichki me’yoriy hujjatlari qoidalariga amal qilishadi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
13.2. Mazkur Umumiy shartlar va xalqaro to’lov tizimlari va/yoki Bankning ichki me’yoriy
hujjatlari o’rtasida tafovut yuzaga kelgan holatda xalqaro to’lov tizimlarining me’yorlari va Bank
ichki me’yoriy hujjatlari ustun kuchga ega bo’ladi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Yuridik shaxsga foydalanish uchun xalqaro
kartochkani taqdim etishning umumiy shartlari