YAKUNIY INKASSATSIYA CHEKI – SSKning Savdo Terminali Inkassatsiyani
muvaffaqiyatli o‘tkazganligi natijalari haqida kvitansiya, u uning tarmog‘ida o‘tkazilgan
Tranzaksiyalarning umumiy summasini aks ettiradi.
KREDIT-VAUCHER – Karta egasining xarid qilingan tovarlar yoki ko‘rsatilgan
xizmatlardan bosh tortishi to‘g‘risidagi kvitansiya. Kredit-Vaucher SSK belgilangan tartibda,
Karta egasining talabiga ko‘ra, Karta egasining karta hisobvarag‘iga oldin o‘tkazilgan Tranzaksiya
bo‘yicha pul mablag‘larini qaytarishi shart bo‘lgan holatlarda to‘ldiriladi. Kredit-Vaucher
SSK tomonidan qo‘lda to‘ldiriladi.
EMITENT – Kartochkalarni muloqotga chiqaruvchi, VISA va MASTER CARD a’zosi
hisoblangan istalgan bank (xorijiy yoki O‘zbekiston Respublikasi banki).
CHARGEBACK – Karta egasini rad etish va buning oqibatida, Bank/Karta Emitentning
oldinroq o‘tkazilgan Tranzaksiyani rad etishi. Bunday qaytariladigan to‘lovlar hajmining keskin
ortishi SSK firibgarlik faoliyatining birinchi belgisi hisoblanadi.
BANKNING TARIFI – O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki xizmatlar ko‘rsatgani
uchun komissiya haqining amaldagi Tarifi. Bank tomonidan tasdiqlanadi.
1. UMUMIY SHARTLAR 1.1. Bank mazkur Umumiy shartlarda:
-
SSK ga Bank taqdim qiladigan Qurilma vositasida Tranzaksiyalarni amalga oshirish orqali
SSK va xaridor – Karta Egasi o‘rtasida xarid qilingan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun naqdsiz elektron hisob-kitoblar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar
taqdim etadi;
-
SSK ga naqdsiz Inkassatsiya natijasida Bank PM ga kelib tushgan Tranzaksiyalarni qayta
ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiladi;
-
Zarurat bo‘lganida SSK taqdim qilgan SSK hisobotlarining qog‘oz nusxalari asosida
o‘tkazilgan Tranzaksiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar qo‘lda kiritadi.
1.2. Naqdsiz hisob-kitoblar doirasida Bank, SSK va Karta Egasining munosabatlari: Visa va
Master Card xalqaro plastik kartalaridan foydalanib naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
tizimi dasturiy ta’minotining talablari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Tijorat
banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada
bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi” Qarori (O‘zR AV tomonidan 2004-yil 30-aprelidan 1344-son bilan
ro‘yxatga olingan), shuningdek O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikk asosida
amalga oshiriladi.