"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

2.
 
BANK XIZMATLARINI TAQDIM QILISH SHARTLARI 
2.1. Bank SSKga Qurilmaning qoldiq qiymatini ko‘rsatgan holda, Qurilmani topshirish-
qabul qilish dalolatnomasi asosida (mazkur Umumiy shartlarga 5-ilova) vaqtincha beg‘araz 
foydalanishga beradi.


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
2.2. Bank tomonidan SSK ga topshirilgan Qurilma, Umumiy shartlarga muvofiq Bank mulki 
hisoblanadi. SSK va xaridor – Karta Egasi o‘rtasida xarid qilingan tovarlar yoki ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun Tranzaksiyalar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Bank xizmatlarining 
to‘lovi SSK tomonidan to‘lanadigan davrning birinchi oyi 10 kuni ichida, har uch oyda Bankda 
amalda bo‘lgan Tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. 
2.3. SSK Karta Egasi taqdim etgan Kartani tekshiradi va Yo‘riqnomaga muvofiq 
operatsiyani rasmiylashtiradi. 
2.4. SSK Karta Egasining Kartasi bo‘yicha amalga oshiradigan har qanday Tranzaksiya 
Avtorizatsiyani talab qiladi. 
2.5. SSK amalga oshiradigan Tranzaksiylar uning SSK anketasida ko‘rsatilgan faoliyat 
turiga mos bo‘lishi lozim. 
2.6. Tranzaksiya amalga oshirilganidan so‘ng 3 bank kunidan kech bo‘lmagan muddatda 
SSK Bankka hisobotlari bilan Kvitansiya va/yoki Kredit-Vaucherni Bankka taqdim etadi.
SSK hisobotni ikki namunada tuzadi. Hisobotlarga ham butun SSK da, ham alohida, SSK da 
o‘rnatilgan har bir Qurilma bo‘yicha Kvitansiya va Kredit-Vaucherlar bo‘yicha umumiy summa 
kiritiladi. Bankning mas’ul xodimi tomonidan SSK da qoladigan hisobot namunasida Kvitansiya 
yoki Kredit-Vaucherni qabul qilganlik to‘g‘risida mos keluvchi belgi qo‘yiladi. Bankning 
Kvitansiya va/yoki Kredit-vaucherlarni qabul qilishi Kvitansiyada mavjud Karta egalari 
imzosining tan olinishini anglatmaydi. 
2.7. SSK dan Tranzaksiyalar bo‘yicha Kvitansiyalar, Yakuniy Inkassatsiya cheki
va Kredit-vaucher bo‘yicha hisobot qabul qilingan ondan 3 bank kunidan kech bo‘lmagan 
muddatda Bank SSK ning depozit hsobvarag‘iga talab etilgungacha Kredit-Vaucher bo‘yicha 
ayirilgan, barcha SSK Kvitansiyalar umumiy yakuniy summasiga teng summani ko‘chirib beradi. 
Bunda Bank SSK operatsiyalarini qayta ishlash uchun vositachilik haqini Bank Tariflariga 
muvofiq ushlab qoladi. Vositachilik haqi Kartalar bo‘yicha tovar va xizmatlarni sotishdan SSK ga 
kelib tushgan daromad summasidan undiriladi. 
2.8. Yo‘riqnoma buzilgan holatda rasmiylashtirilgan, shuningdek belgilangan muddatdan 
kech taqdim qilingan Kvitansiyalar aniqlangan holatda bunday Kvitansiyalar bo‘yicha SSK ga 
to‘lov amalga oshirilmaydi. 
2.9. Umumiy shartlarning 2.3-bandiga muvofiq, summa ko‘chirilishi lozim bo‘lgan depozit 
hisobvarag‘i talab etilgungacha SSK tomonidan yozma shaklda aniq ko‘rsatilishi lozim. Bunday 
ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan holatda Bank SSK ning talab etilgungacha depozit hisobvarag‘iga 
ko‘chirishni amalga oshiradi. 
2.10. Bank PM ga naqdsiz Inkassatsiya natijasida kelib tushgan Tranzaksiyalarni qayta 
ishlash bo‘yicha Bank vositachilik haqi, SSK uchun Bank Tarifiga muvofiq belgilanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin