"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

7.
 
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 
 
7.1
. Umumiy shartlarning 2.3-bandiga muvofiq to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan holatda 
BANK SSK ga kechiktirilgan to‘lov summasidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01%, lekin 
shunday to‘lovning 10% dan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi. 
7.2. SSK Bankdan 5.1.3-bandga muvofiq so‘ragan ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan 
holatda Bank SSK foydasiga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan minimal ish haqining
10% miqdorida jarima to‘laydi. 
7.3. SSK Bankka hisobotlar, Kvitansiyalar, Kredit-Vaucherlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan 
holatda SSK Bank foydasiga mos keluvchi hisobot, Chek va/yoki Kredit-Vaucher summasidan 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01%, lekin shunday summaning 10% dan ortiq bo‘lmagan 
miqdorida penya to‘laydi. 
7.4. O‘z vaqtida bajarilmagan Inkassatsiya, Kvitansiyalar, Kredit-Vaucherlar, hisobotlarni 
rasmiylashtirish qoidalari, Karta bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari buzilgan har 
bir holat uchun SSK zimmasiga Bank foydasiga O‘zbekiston Respublikasida mos keluvchi 
buzilish amalga oshirilgan kun belgilangan minimal ish haqining 25% miqdorida jarima 
yuklatiladi. 
7.5. mazkur Umumiy shartlar, Umumiy shartlar predmetiga tegishli xalqaro to‘lov tizimlarining 
qoidalariga muvofiq SSK zimmasiga yuklatilgan boshqa majburiyatlar bajarilmagan har bir holat 
uchun SSK Bank foydasiga O‘zbekiston Respublikasida mos keluvchi buzilish amalga oshirilgan 
kun belgilangan ish haqining 1 (bir) minimal miqdorida jarima yuklatiladi. 
7.6. SSK o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzishi natijasida Karta Egalarining karta 
hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari noqonuniy yechilgan holatda SSK ushbu mablag‘larni to‘liq 
hajmda qoplab berishi shart. Bunda SSK zimmasiga Bank foydasiga noqonuniy yechilgan pul 
mablag‘lari miqdorida jarima yuklatiladi. 
7.7. Bank Karta raqami qo‘lda kiritilishi usulida avtorizatsiyalangan Tranzaksiyani aniqlagan va 
buning oqibatida nizoli holat yuzaga kelgan holatda moddiy javobgarlik SSK zimmasiga 
yuklatiladi. 
BANK SSK oldida quyidagilar uchun javobgar emas: 
7.7.1. Umumiy shartlarga mos bo‘lmagan yoki qarshi bo‘lgan Tranzaksiyalar bo‘yicha to‘lovlarni 
ta’minlash, aynan: 
- agar SSK Yo‘riqnoma va Umumiy shartlarda belgilangan, Kartadan foydalanib operatsiyalarni 
amalga oshirish qoida va tartib-taomilini buzsa; 
-
SSK Yo‘riqnomaga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilgan Kvitansiya, Kredit-Vaucherni taqdim 
etsa yoki Kvitansiya va Kredit-Vaucherlarni belgilangan muddatdan kech topshirsa; 
-
Agar SSK amalga oshirgan to‘lov operatsiyasida to‘g‘risida ma'lumot yoki hujjatlar mavjud 
bo‘lmasa; 
-
SSK tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilgan holatda. 
7.7.2. agar SSK Umumiy shartlar va Yo‘riqnomaga muvofiq Kvitansiya va/yoki Kredit-
Vaucherlar Hisobotini rasmiylashtirish va taqdim etish bo‘yicha talablarni buzsa, to‘lovlar 
kechikishi uchun. 
7.7.3. Qurilmaga zarar yetkazish-buzishi, yo‘qotganligi uchun SSK mos keluvchi Bayonnoma 
rasmiylashtirilgan sanadan 10 kundan kechiktirmasdan yozilgan hisob-faktura bo‘yicha 1-ilovaga 
ko‘ra stavkalarda Bankka to‘lovni amalga oshiradi. 
7.7.4. Qurilma uchun xarajatlarni qoplash stavkasi va kompensatsiya stavkalari 1-ilovaga muvofiq 
QQS hisobga olinmasdan ko‘rsatilgan. 
7.7.5. Qurilmaga zarar yetkazish-buzish holatida xarajatlarni qoplash stavkalari, shuningdek SSK 
to‘lab beradigan kompensatsiya stavklaari Qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqida Bank yozma 
ravishda, 30 kundan kechiktirmasdan SSK ga xabar beradi. 
7.7.6. To‘lov so‘mda yozilgan hisob-faktura sanasida O‘zR Markaziy bankining kursi bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Hisob-fakturada belgilangan, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa QQS ni hisobga 
olib ko‘rsatiladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin