Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
3.2.2. Shaxsiy reklama materiallarida Kartalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga havola berish.
Oldindan Bank bilan yozma kelishuv tuzib, XTT savdo belgilari bilan reklama mahsulotlarini
chiqarish.
4.
MOLIYAVIY SHARTLAR
4.1. Bankning SSK bilan o‘zaro hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ruxsat
berilgan, Umumiy shartlarda aniqlanadigan tartibda, USD - AQSH dollarida_(valyuta nomi)
amalga oshiriladi.
4.2. Qayta ishlangan Tranzaksiyaning Avtorizatsiyasi asosida SSK ga pul mablag‘larini
tushirish/ko‘chirish fakti Bankning SSK amalga oshirgan operatsiyalarning haqiqiyligini shartsiz
qabul qilishi hisoblanmaydi.
4.3. SSK ikki yoki undan ortiq Tranzaksiyani Avtorizatsiyalab bir xarid (ish, xizmat) narxini
bo‘lish yoki bir xarid (ish, xizmat) qiymatining bir qismi uchun boshqa to‘lov vositalari bilan
muqobil to‘lov qabul qilish huquqiga ega emas.
4.4. Internet-Maydonda Kartalardan foydalanib tovarlarning (ishlar, xizmatlar) to‘lov
operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning amalga oshirilishi uchun SSK Bankka Bank Tarifiga
muvofiq Vositachilik haqi to‘laydi.
4.5. Umumiy shartlarning 4.4-bandida ko‘zda tutilgan vositachilik haqi har safar Umumiy
shartlarning 2.1.4-bandiga muvofiq, Umumiy shartlarning 2.2.2-bandiga asosan hisoblash yo‘li
bilan SSK Bankka ko‘chiradigan summalardan undiriladi.
Dostları ilə paylaş: