Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
6.1. Tomonlar Umumiy shartlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod bo‘ladi, agar majburiyatlarining
bajarilishi Umumiy
shartlar qabul qilinganidan keyin yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch, ya'ni favqulodda va mazkur
holatda oldini olib bo‘lmas sharoitlar oqibatida imkonsiz bo‘lgan bo‘lsa. Bunday sharoitlarga
Tomonlar,
shu jumladan, lekin istisno qilmasdan, quyidagilarni kiritadi:
tabiiy ofatlar, aloqa
liniyalari va/yoki vositalarining shikastlanishi, O‘zbekiston Respublikasining hududida yoki uning
alohida hududlarida harbiy yoki favqulodda vaziyat joriy etilishi, ish tsahlashlar, davlat hukumat
organlari va/yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining Tomonlarning
Umumiy shartlar
bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni imkonsiz qiladigan me'yoriy-huquqiy va boshqa
hujjatlarning qabul qilishi.
6.2. Agar Umumiy shartlarning 6.1-bandida keltirilgan sharoitlar
majburiyatlarning Umumiy
shartlarda ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasligiga bevosita ta'sir qilgan bo‘lsa, unda bu muddat
mos keluvchi sharoitning ta'sir vaqtiga teng hamda uning oqibatlarini
bartaraf etish uchun zarur
muddatga suriladi.
6.3. Umumiy shartlarning 6.1-bandida keltirilgan sharoitlar oqibatida majburiyatlarini bajarishi
imkonsiz bo‘lgan Tomon ushbu sharoitlar yuzaga kelgan va yakunlangan ondan 3 (uch) kundan
ko‘p bo‘lmagan muddatda boshqa tomonni bu haqida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Xabar
sharoitlar xarakteri to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shuningdek,
imkoni boricha, Tomonning Umumiy
shartlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ijro etish imkoniyatiga sharoitning ta'sir qilish bahosiga ega
bo‘lishi lozim.
6.4. Agar Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan
Umumiy shartlarning
6.1-bandida ko‘rsatilgan sharoit 3 (uch) oydan uzoq davom etsa, har bir Tomon boshqa tomonga
oldindan yozma xabar yuborish yo‘li bilan bir tomonlama tartibda Umumiy shartlarni ijro
qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Mazkur xabar Umumiy shartlar bo‘yicha
xizmatlarning
taqdim qilinishi/ulardan foydalanish to‘xtatilishi kutilayotgan sanadan 10 (o‘n) kundan ko‘p
bo‘lmagan muddatda kuryer yoki pochta (topshirilganligi haqida xabar bilan) orqali yuborilishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: