"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

7.
 
UMUMIY SHARTLARNI TUGATISH MUDDATI VA TARTIBI 
7.1. Umumiy shartlar Mijoz Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida ariza 
berish orqali akseptlagan ondan kuchga kiradi va aniqlanmagan vaqt davomida amal qiladi. 
7.2. Tomonlardan har biri Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish/ularning taqdim 
etilishi to‘xtatilishi kutilayotgan sanadan kamida 30 (o‘ttiz) kun oldin Boshqa tomonni bu haqida 
yozma xabardor qilgan holda Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish/ularning 
taqdim qilinishidan bosh tortish huquqiga ega. Mazkur xabar kuryer bilan yoki pochta orqali 
(topshirilganligi haqida xabar bilan) yuborilishi lozim. 
7.3. Bank Umumiy shartlarning 7.2 yoki 6.4-bandida ko‘zda tutilgan, Umumiy shartlar bo‘yicha 
xizmatlardan foydalanish/ularni taqdim etishni to‘xtatish to‘g‘risidagi xabarni SSK yo‘naltirgan 
yoki xabarni SSK dan olgan ondan Tranzaksiyalar Avtorizatsiyasi o‘tkazilishini to‘xtatadi. 
7.4. Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlar taqdim etilishi/ulardan foydalanishning to‘xtatilishi 
Tomonlarni Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish/ulardan foydalanish to‘xtatilgan 
sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha barcha o‘zaro hisob-kitoblar va Umumiy 
shartlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etilmaydi. Umumiy shartlar 
bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish/ulardan foydalanish to‘xtatilgan holatda Tomonlar Umumiy 
shartlar bo‘yicha barcha o‘zaro hisob-kitoblarni va to‘lovlarni Umumiy shartlar bo‘yicha 
xizmatlar taqdim qilinishi/ulardan foydalanish to‘xtatilgan sanadan keyin 180 (bir yuz sakson) kun 
davomida amalga oshirish majburiyatini oladi. 
8.
 
YAKUNIY QOIDALAR 
8.1. Tomonlar, Umumiy shartlar doirasida Tomonlar o‘rtasida munosabatlarni huquqiy tartibga 
solish manbai Umumiy shartlar, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, XTT qoidalari, 
Standartlari va tavsiyalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmasa, 
hisoblanishiga rozilik bildirishadi. Qoidalarga zid bo‘lmagan Umumiy shartlarning har qanday 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
shart va qoidalari (ham Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlar taqdim etilayotgan onda ma'lum 
bo‘lgan, ham kelajakda ishlab chiqilgan) qoidalarga muvofiqlashtirilishi lozim. 
8.2. Ushbu bilan SSK Bankka Umumiy shartlar amal qiladigan butun muddat davomida va u 
tugatilganidan so‘ng qo‘shimcha 6 (olti) taqvim oyi davomida haqiqiy bo‘lgan, ham Bankda, ham 
istalgan boshqa Bankda, istalgan valyutada ochilgan hisobvaraqlaridan shartsiz tartibda Umumiy 
shartlarning 4-bo‘limiga ko‘ra Bankka tegishli bo‘lgan, shuningdek Umumiy shartlar predmetiga 
tegishli bo‘lgan amaldagi qonunchilik, Umumiy shartlar, XTT qoidalarida ko‘zda tutilgan 
holatlarda Karta Egalariga qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini yechishning izohsiz, 
shartsiz, bevosita yechish huquqi/topshirig‘ini taqdim etadi. 
8.3. Umumiy shartlardan yoki u bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan barcha nizolar, 
kelishmovchiliklar yoki talablarni Tomonlar kelishuvlar yo‘li bilan tartibga soladi. Kelishuvga 
kelinmagan holatda Tomonlar o‘rtasidagi nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunchiligiga muvofiq Xalqaro iqtisod sudida ko‘rib chiqilishi lozim. 
8.4. Umumiy shartlarda barcha o‘zgarishlar va unga qo‘shimchalar Bankning rasmiy saytida 
(
www.nbu.uz
) va Bankning "Ibank" masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimida e'lon 
qilinadi. 
8.5. Umumiy shartlarning 2-bo‘limida ko‘zda tutilgan yozma xabarlar faks yoki elektron pochta 
manzili yoki mijoz oldinroq taqdim qilgan manzil bo‘yicha buyurtmali xat orqali yuboriladi. 
8.6. Umumiy shartlarga barcha ilova va qo‘shimchalar uning ajralmas qismi hisoblanadi. 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Internet orqali xalqaro to‘lov tizimlarining 
kartalariga elektron tijorat xizmatlarini taqdim 
etishning umumiy shartlariga 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin