4. TO‘LOVLARNING XAVFSIZLIGI 4.1. To‘lovlarning xavfsizligi XTT tomonidan ishlab chiqilgan (3DSecure, UCAF, SecureCode)
zamonaviy protokol va texnologiyalar asosida ishlaydigan Bank ADK va Xizmatlar Provayderi
ADK si yordamida ta'minlanadi.
4.2. Xizmatlar Provayderi tizimida Xaridor maxfiy ma'lumotlarining xavfsizligi SSL protokol
qo‘llanishi bilan ta'minlanadi.
4.3. Ma'lumotning keyingi yuborilishi maxfiy moliya ma'lumotlarini yetkazish uchun XTT
sertifikatsiyasiga ega ma'lumotlar uzatishning yopiq tarmoqlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
4.4. Xaridordan olingan maxfiy ma'lumotlar (Karta rekvizitlari, ro‘yxatdan o‘tish ma'lumotlari va
h.k.) protsessing markazida qayta ishlanadi.
5. UZATILADIGAN MA'LUMOTLARNING XAVFSIZLIGI 5.1. Uzatiladigan ma'lumotlarning xavfsizligi Internetda xavfsizlikni ta'minlashning zamonaviy
protokollari (SSL/TLS) yordamida ta'minlanadi.
6. XAVFSIZLIK PROTOKOLI BILAN ISHLASH SXEMASI 3D-SECURE xavfsizlik protokolidan foydalanganda to‘rt tomon ishtirok etadi:
SSK Verified By Visa yoki MasterCard SecureCode dasturlari doirasida servisga ulangan bo‘lishi
hamda o‘zining veb-saytlarida "Verified By Visa" va "MasterCard SecureCode" brendlarini
joylashtirishi lozim.
Emitentlar tranzaksiya jarayonida mijoz shaxsini autentifikatsiya qilish, shuningdek elektron
imzolangan kvitansiyalarni boshqarish uchun qo‘llanadigan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha
Serverdan (Access Control Server – ACS-Server) foydalanishi lozim.
Karta egalari Karta Egalari 3D-Secure ga ulangan bo‘lishi lozim. Karta Egasi autentifikatsiya
jarayonida parol va xavfsizlik to‘g‘risida boshqa ma'lumotlarni kiritishi lozim.
Katalog Serveri (Directory Server). XTT, 3D-Secure realizatorlari identifikatsiya ma'lumotlari
bilan ishlash uchun domen rolini bajaruvchi markaziy Katalog Serveri va Verified By Visa va
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
MasterCard SecureCode dasturlari doirasida servislarning emitent-ishtirokchilarini ACS-
serverlari manzilidan foydalanadi.