"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi


Savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

Savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlari
- mulkchilik shakllaridan, Sotuv hajmidan, inshootning 
o‘lchamidan va hokazolardan qat'i nazar, tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan 
(moslashtirilgan) joy yoki inshoot.
To‘lov terminali
– BPK egasiga xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
to‘lovlarni amalga oshirish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa amaliyotlarni bajarish 
va har bir bajarilgan amaliyot bo‘yicha cheklarni shakllantirish imkoniyatini beruvchi qurilma. 
To‘lov operasiyasi
– bank kartalaridan foydalangan holda tovar (ish, xizmat) uchun to‘lov.
Slip
- bank plastik kartochkasidan foydalangan holda operasiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va 
o‘zida operasiya summasi, turi, sanasi, shuningdek, bank plastik kartochkasini hamda ushbu slipni 
shakllantirgan terminalni identifikasiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi 
terminal kvitantsiyasi. 
To‘lovni qaytarish
- mijoz tomonidan amalga oshirilgan tranzaktsiya bo‘yicha plastik karta 
hisobvarag‘iga to‘lovni qaytarish. 
1.
 
UMUMIY QOIDALAR 
1.1.
Ushbu savdo terminalidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha umumiy 
shartlar (bundan buyon matnda – "shartlar") bank tomonidan vaqtincha foydalanish uchun mijozga 
taqdim etilgan to‘lov terminali orqali uning mahsulotlar (ish, xizmat va tovarlar)ni naqdsiz shaklda 
sotib olish uchun to‘lov vositasi sifatida taqdim etilgan plastik kartalardan to‘lovni qabul qilish, 
to‘lov terminalini ijaraga berishni va to‘lov terminali hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatishni hamda 
bank va mijozi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi. 
2.
 
HISOB-KITOBLAR TARTIBI VA SHARTLARI 
2.1. 
Ushbu shartlar bo‘yicha barcha hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshiriladi. 
2.2. 
Terminaldan foydalangani uchun mijozning asosiy x/r idan xar bir tranzaktsiya uchun 
tranzaktsiya summasidan bankning amaldagi tarifiga asosan xizmat xaqi undiriladi. 
2.3. 
Shartlar boyicha xizmat korsatish, tomonlarni birini talabiga ko‘ra bekor qilingan sanadan 
boshlab 2 (ikki) kun ichida terminal bankga qaytarilmasa, mijozga nisbatan terminalni o‘z vaqtida 
qaytarmagan har bir kechiktirilgan kun uchun terminal balans qiymatining 0.1% miqdorida, lekin 
terminal balans qiymatining 50% oshmagan miqdorda penya hisoblanadi. 
2.4. 
Ushbu shartlar bo‘yicha terminal olish uchun ariza taqdim qilingan sanadan boshlab 3(uch) 
bank ish kunida terminal mijozga taqdim etilmasa, bankka nisbatan har bir kechiktirilgan kun 
uchun terminal balans qiymatining 0.1% miqdorida lekin terminal balans qiymatining 50% 
oshmagan miqdorda penya hisoblanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin