O’zbekiston respublikasi toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti



Yüklə 481,29 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü481,29 Kb.
#126632
Kamoliddinova Xosiyatxon

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNVERSITETI

Iqtisodiy ta’limotlar

tarixi fanidan

MUSTAQIL ISH

Tayyorladi: Kamoliddinova X.

Mavzu: Antik dunyo iqtisodiy qarashlari

Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy fikrlar.

Qadimgi Yunonistonda ham iqtisodiy fikrlar yanada rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.av. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko‗p sonli asarlari ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomikos» (xo’jalik to’g’risida ta‘lim) kabi maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega.


Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya etadi:
1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‗paytirish, ularning Afinaga kelishini rag‗batlantirish;
2) kumush qazib olishni kengaytirish;
3) qullar savdosini tashkil etish.
Ksenofontning «Ekonomiks» asarida hamda uning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi.
Ksenofont qishloq xo‗jaligini xalq xo‗jaligining eng asosiy tarmog‗i, deb hisoblagan. «Qishloq xo‗jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi

Aristotelning iqtisodiy qarashlari


Antik dunyodagi iqtisodiy fikr-larning yirik namoyondalaridan biri Aristotel (m.av. 384–322) hisoblanadi.
Uning iqtisodiy masalalar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel xuddi Platonga o’xshab ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‗ziga xosligi shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari (mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funksiyasi bo’lsin yoki yer egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo’lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo’yicha bu eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak.

  • Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo’yicha bu eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak.
  • Xrematistika bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir (shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb ko’rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga».

Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar


Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Porsiy Katon (m.av. 234–149) o’zining «Dehqonchilik to’g’risida»gi asarida qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligidagi asosiy tarmoq, deb hisoblaydi.
Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo’llashga,
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e‘tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo’lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Eng foydali mahsulot, deb zaytun yog’ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo’lgan.
Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga bo’lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo’lida to’planishi va italiyalik ko’pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo’lishi hisoblanadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 481,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin