84
sanitariya holatida saqlash, hamda o‘simliklarni himoya qilish stanstiyasi tomonidan
o‘simliklarga ularning hashorotlar ta’siri ostida zararlanishi va kasallanishiga qarshi
ishlov berishning amalga oshirilishini ta’minlash yo‘l xizmatining bosh vazifasi
hisoblanadi.
Zararkunandalarning paydo bo‘lganligi va yoppasiga kasallanish yuzaga
kelganligi aniqlangan hollarda, bunday hollar yuzaga kelgan joylarga ishlov berilishi
uchun zudlik bilan o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha mahalliy stanstiyalar bilan
bog’lanish zarur. Daraxt va butalarning butun umri davomida qarash va
shakllantirishni asosiy usullardan biri – o‘simlikni kesishdir. Kesish ishlari
ko‘chatlarni normal o‘sishini nazorat qilish va boshqarish, shoxlari va ildizlarini
shakllantirish, ya’ni o‘simlikni er usti va osti ildiz tizimi orasidagi nisbatni saqlash,
daraxtlarni manzarali shaklga keltirish va nihoyat qari daraxtlarni hayot
funkstiyasini faollashtirish maqsadida bajariladi.
Archa
turlarining
zararkunandalari.
Archa
turlari
zararkunanda
hashoratlarning biologik xususiyatlari shundan iboratki, bular asosan, daraxt
po‘stlog’i ostida bekinib hayot kechiradilar shuning uchun ham ularni yashirin hayot
kechiruvchi zararkunanda hasharotlar deyiladi. Ularning ko‘pchiligini daraxt
po‘stlog’i ostida va yog’ochlarida yo‘llari bo‘lib, lichinkalarni o‘sha joyga qo‘yadi.
Kasallangan daraxt asta-sekin kuchsizlanadi va natijada quriy boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: