79
Manzarali daraxt-buta o‘simliklarni kesish va shakl berish uskunalari:
Gul qaychi – 1-2 sm li shox-shabbalarni kesishda
ishlatiladi. Manzarasini yo‘qotgan, qarigan,
qurigan shox-shabbalar gul qaychi yordamida
kesib tashlanadi.
Bog’ qaychisi – jonli devor, bordyur shaklida
ekilgan o‘simliklar va topiar qilishda ishlatiladi.
Qo‘lqoplar – kesishda archa va butalarning
tikanlaridan qo‘lni himoya qiladi. Mustahkam va
elastik materialdan ishlangan bo‘lishi kerak.
Uzun dastali bog’ qaychisi –1-3,5 sm li shox-
shabbalar va butalarni tagidan kesish va
siyraklatish maqsadlarida ishlatiladi.
Bog’ arrasi – 1,5 sm dan qalin shoxlarni kesishga
mo‘ljallangan.
Motoqaychi – jonli devorlarga shakl berishda va
topiar qilishda ishlatiladigan avtomatik uskuna.
Benzinli yoki elektr toki bilan ishlaydigan turlari
mavjud.
80
Bog’ pichog’i – ingichka shoxlarni kesishda yoki
tekis kesilmagan joylarni to‘g’irlashda ishlatiladi.
Kesib shakl berishda, odatda manzarali daraxt va butalarning o‘sish nuqtasi
olib tashlanadi. Bu ularning pastki va oraliq kurtaklarini rivojlanishiga imkoniyat
yaratadi. Doimiy kesish natijasida shox-shabbalar orasi zichlashib boradi. Shox-
shabbalarni zichlashtirish maqsadida kesishning ikki xil turi bor:
1) trimming – ya’ni oddiy qaychi yoki motoqaychi yordamida manzarali
daraxt yoki butaning barcha qismidagi o‘suvchi shoxlarining uchki qismi uncha
katta bo‘lmagan o‘lchamda kesib chiqiladi. Bu usul jonli devorlar va figurali shakl
berilgan daraxt va butalarda qo‘llaniladi.
2) chimdib uzish – kichik o‘lchamdagi manzarali o‘simliklarning shox-
shabbasini qalinlashtirish maqsadida qo‘l yordamida ularning o‘suvchi kurtaklari
chimdib uzib tashlanadi.
a)
b)
2.6-rasm. Shox-shabbalarni zichlashtirish maqsadida kesish usullari:
a) trimming; b) chimdib uzish.
Siyraklashtirish maqsadida kesish – bunda daraxt yoki buta shoxlari asosiy
tanaga ulangan joyigacha kesib tashlanadi. Qolgan shoxlar qo‘shimcha oziq
moddalarga ega bo‘ladi va yaxshi rivojlanadi. Doimiy o‘z vaqtida siyraklashtirilib
81
turiladigan daraxt va butalar kesilmaganlariga qaraganda baland va keng rivojlangan
bo‘ladi.