82
usulidir. Topiar uchun bargi va novdalari mayda va tig’iz joylashgan o‘simliklar,
masalan, lavr,
oddiy ligustrum, sharq biotasi, doim yashil shamshod, mevali
zarnablarni qo‘llash mumkin.
2.9-rasm. Virgin archasiga topiar usulda shakl berish
Bunday shakl berishda oldindan tayyorlangan qoliplardan foydalaniladi.
Qoliplar ko‘chma va doimiy o‘rnatiladigan bo‘ladi.
Agar daraxt va butalarning
tabiiy shox-shabba tuzilishiga yaqin shaklni yaratmoqchi bo‘lsak, unda qoliplardan
foydalanish shart emas.
2.10-rasm. Spiral shaklida kesilgan virgin archasi
Topiar shakllarni yaratishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
83
yaratilayotgan shakllarning tomoshabinlarga yaxshi ko‘rinishi uchun ularni
tomoshabinlarga nisbatan shimol tomondan joylashtirishi zarur. Shunda ularga
quyosh nuri yaxshi tushib yorqin jonli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Sharq va g’arbdan
ularning yorug’ligi biroz pastroq, shimol tomondan esa ularga yorug’lik nuri
tushmaydi;
istalgan topiar shaklning yuzasi tekis holatda yassi yoki tik bo‘lsa ham
yaxshi yorug’lik tushmaydi. Shuning uchun shaklning yuzi muayyan burchak ostida
bo‘lishi kerak. Shu boisdan ham yashil shakllar, masalan,
jonli devorlarning eng
yaxshi shakli bu kesik konus yoki trapestiya hisoblanadi;
shaklning navbatdagi o‘sgan qismlarini kesishni avvalgi kesilgan joyning
yuqorisidan boshlash zarur, toki shakl ichidagi novdalar endi yalong’ochlanib
qolgan va uyqudagi kurtaklar deyarli uyg’onmaydi va shu sababdan shaklning hajmi
sekin–asta kattalashib boradi.
Osiyo mamlakatlarida daraxt-buta o‘simliklarga manzarli shakl berishning
quyidagi turlari mavjud:
daraxtlarning tanasi va shoxlari hisobiga
tik va baland yashil devorlar,
bosketlar, kattaroq hayvonlar (fil, karkidon) ning shaklini berib kesish.
Lianalarni biron hayvon shakli yoki geometrik shakl berilgan asosga moslab
o‘stirish:
biron hayvon shakli yoki geometrik shakl berilgan asosga o‘t urug’i bilan
tuproq solingan maxsus qoplar va sug’orish tizimini o‘rnatish orqali;
beton yoki boshqa materiallardan tayyorlangan dekorativ haykallarning
ustiga maysalar urug’i va oziqalar bilan to‘yintirilgan maxsus torfli to‘rlarni qoplash
va unga o‘rnatilgan maxsus sug’orish tizimi orqali.
Manzarali daraxt-butalar zararkunanda va kasalliklari.
O‘simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash muntazam
ravishda
nazorat etish, hamda ehtiyot choralarini qo‘llash va zararkunandalarni
qirish tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda o‘simliklarni yaxshi
84
sanitariya holatida saqlash, hamda o‘simliklarni himoya qilish stanstiyasi tomonidan
o‘simliklarga ularning hashorotlar ta’siri ostida zararlanishi va kasallanishiga qarshi
ishlov berishning amalga oshirilishini ta’minlash yo‘l xizmatining bosh vazifasi
hisoblanadi.
Zararkunandalarning paydo bo‘lganligi va yoppasiga kasallanish yuzaga
kelganligi aniqlangan hollarda, bunday hollar yuzaga kelgan joylarga ishlov berilishi
uchun zudlik bilan o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha mahalliy stanstiyalar bilan
bog’lanish zarur. Daraxt va butalarning butun
umri davomida qarash va
shakllantirishni asosiy usullardan biri – o‘simlikni kesishdir. Kesish ishlari
ko‘chatlarni normal o‘sishini nazorat qilish va boshqarish, shoxlari va ildizlarini
shakllantirish, ya’ni o‘simlikni er usti va osti ildiz tizimi orasidagi nisbatni saqlash,
daraxtlarni manzarali shaklga keltirish va nihoyat
qari daraxtlarni hayot
funkstiyasini faollashtirish maqsadida bajariladi.
Archa
turlarining
zararkunandalari.
Archa
turlari
zararkunanda
hashoratlarning biologik xususiyatlari shundan iboratki, bular asosan,
daraxt
po‘stlog’i ostida bekinib hayot kechiradilar shuning uchun ham ularni yashirin hayot
kechiruvchi zararkunanda hasharotlar deyiladi. Ularning ko‘pchiligini daraxt
po‘stlog’i ostida va yog’ochlarida yo‘llari bo‘lib, lichinkalarni o‘sha joyga qo‘yadi.
Kasallangan daraxt asta-sekin kuchsizlanadi va natijada quriy boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: