85
novdalar shirasini so‘rib, uning qurishiga olib keladi. Bir yilda bir necha avlod
beradi.
Kurash choralari.
Bu archaning so‘ruvchi zararkunandasiga asosan
kimyoviy uslubda kurashiladi. Kimyoviy preparatlardan Imitrin 20% li eritmasi 0,5
l/ga, Imido 35% li eritmasi 0,2 l/ga, Bi-58 40% li eritmasi 0,3-0,5 l/ga
miqdorida
600 l/ga ishchi eritmada purkaladi. Bitta daraxtga 0,2-1,3 l ishchi eritma purkaladi.
Archa zlatkasi –
Anthaxia conradti
Sem.
Archaning hamma turlarida
uchraydi. Nasl qoldirishi (generastiyasi) ikki yillik. Qo‘ng’izlarini
uchishi aprel
oyining ikkinchi yarmidan boshlanib ayrim hollarda iyul oyigacha davom etadi.
Tuxumlarni 3-5 ta va undan ortiq miqdorda bir joyga, daraxt po‘stlog’i yoriqlariga
qo‘yadi. Qo‘ng’izlar yashash uchun yorug’, oftobda yaxshi isitiladigan tomondagi
yosh novdalarni tanlaydi. Archa zlatkasi daraxtning yuqori qismiga nisbatan pastki
qismida ko‘proq joylashadi. Shuning uchun ham daraxt tanasining qurishi pastdan
boshlanadi.
Tuxumlarning embrional rivojlanishi 20-25 kun davom etadi. Iyun oyining
birinchi o‘n kunligida birinchi lichinkalari paydo bo‘ladi, ikkinchi va uchinchi o‘n
kunliklarida esa, lichinkalar yalpi holatda chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar
daraxtning yosh novdalarini kemira boshlaydi.
Qishlovdan
chiqqan lichinkalar esa, yana kemirishni davom ettiradi. Iyul
oyiga borib lichinkalar g’umbakka aylanib, yog’ochning ichki qismlariga
joylashadi. Qo‘ng’izlar ikkinchi yil qishlovni o‘tkazishadi. Agar sharoit yaxshi
bo‘lsa, rivojlanish birinchi yilning o‘zida nihoyasiga etadi. Qo‘ng’izlar erta bahorda
qoqi o‘tining, keyinroq esa na’matak gulining changi bilan oziqlanadi. Archa
zlatkasi asosan, tashqi tomondan sog’lom daraxtlarga qo‘nadilar,
ayrim hollarda
kesilgan daraxt to‘nkalarida ham uchrashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: