O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti



Yüklə 5,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix10.12.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#139325
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

Archa mo‘ylovdori – 
Semanotus semenovi
 Okun. 
O‘zbekiston hududidagi 
archazorlarda tarqalgan. Nasl qoldirish ikki yillik. Qo‘ng’iz uchishi aprel oyining 
birinchi o‘n kunligidan boshlanadi, ko‘klam yaxshi kelgan yillarda martdan 
boshlanadi. Harakatga kirgan qo‘ng’izlar tuxum qo‘yishni boshlaydi, tuxumlarni 


86 
asosan, daraxt po‘stlog’ining yoriqlariga bir nechtadan qo‘yishadi. Embrional 
rivojlanishi 20-30 kun davom etadi. May oyining ikkinchi o‘n kunligida lichinkalar 
paydo bo‘ladi. Lichinkalarning yog’ochdagi yo‘llari egri bugri jo‘yaklardan iborat 
bo‘lib, ayrim hollarda bir metrgacha cho‘ziladi va unsimon qipiqlar bilan to‘lib 
turadi. 
Lichinkalarni oziqlanishi 2-2,5 oy davom etadi. Iyul-avgust oylariga borib 
lichinkalar yog’ochni yana ham chuqurroq kemirib 5 sm gacha ichkariga kirib 
boradi, o‘zlariga uya yasab, u erda qishlaydi. Kelasi yilning iyul oyiga borib 
g’umbakka aylanadi. G’umbakka aylanish 20-30 kun davom etadi. Avgustda 
birinchi qo‘ng’izlar paydo bo‘lib, oktyabr oyining oxirlariga borib faqatgina shu 
yilgi generastiya qo‘ng’izlarini uchratish mumkin, bular qishni o‘z g’umbaklarida 
o‘tkazadilar. Kelasi yilning bahorida qishlovdan chiqishadi. Archa mo‘ylovdori 
soyasevar, daraxtlarning kuchsizlangan novdalarida va to‘nkalarida uchraydi. 
Archa lubxo‘ri – 
Phloeosinus turcestanicus
Sem. 
O‘zbekistonda keng 
tarqalgan xavfli zararkunanda. Ba’zi joylarda daraxtlarning 20% qismi shular bilan 
zararlangan bo‘ladi. Archalarning hamma turlari tanasida va shoxlarida rivojlanadi, 
hatto virgin archasida ham uchraydi. Generastiyasi (nasl qoldirish) bir yillik. Aprel 
oyining o‘rtalarida iyun oyining oxirigacha qo‘ng’izlarning uchishi davom etadi. 
Urg’ochi qo‘ng’izlar bir me’yorda o‘sib turgan archalarga tuxum qo‘yib chiqadi. 
Archa lubxo‘ri soya salqin joylarni hush ko‘radi, daraxtning soya tushadigan 
janub tomonida ko‘proq uchraydi. May oyining ikkinchi o‘n kunligida lichinkalar 
paydo bo‘ladi, rivojlanishi 40-50 kun davom etadi. Iyul oyining oxirlariga borib 
g’umbakka aylanadi va shu vaqtga borib 1-2 ta yosh qo‘ng’izlari ham hosil bo‘ladi. 
Avgust oyi boshlarida yosh qo‘ng’izlarning yalpi uchishi boshlanadi. Yosh 
novdalarning o‘zagi qo‘ng’izlar tomonidan kemirilishi natijasida zararlangan 
shoxlar erga sinib tushadi. 
Qo‘ng’izlar va lichinkalar qishlaydi, lichinkalar daraxt po‘stlog’i ostida 
qishlasa, qo‘ng’izlar yosh novdalarning o‘zagini kemirib oziqlanadi va shu erda 


87 
qishlaydi. Bunday zararkunanda qo‘ng’izlar bilan kasallangan daraxtlarning 
ninabarglari to‘kiladi, kuchsizlanadi va boshqa hashorotlar bilan zararlanadi. 
Kurash choralari.
 
Archa lub kemiruvchisiga qarshi kurash avvalo ehtiyot 
choralari va daraxtzorlarni sanitar holatini yaxshilash tadbirlarini ko‘rishdan 
boshlanadi. Kuz va qish paytida yangidan zararlangan daraxtlarni aniqlash lozim, 
iyul oylarida archa lub kemiruvchisining qo‘ng’izlari paydo bo‘lgan vaqtda 
zararlangan nihollar shoxlarini sanitar holatini yaxshilash maqsadida bir yo‘la qirqib 
tashlash kerak, ko‘proq zararlangan daraxtlarni aniqlab insektistidlarni purkash 
lozim. Zararkunanda hashoratlarni uchish davri uzoq bo‘lganligi sababli, zaharning 
ta’siri uzoq saqlanib turadigan kimyoviy dorilar ishlatish kerak. 
GXTSG (geksaxlorstiklogeksan) gamma izomerning 16 %li meneral yog’li 
emulsiyasi bu talabga javob beradi. Agar shu sharoitda GXTSG gamma izomerini 
ishlatish imkoniyatlari bo‘lmasa, u vaqtda pretroid insektistidlarni ishlatish lozim. 
Zararli hashoratlarni yalpi yo‘qotish maqsadida insektistidlarni hashoratlar keng 
tarqalgan manbaga, ya’ni quriy boshlagan daraxtlarga, to‘nkalarga va 
zararkunandalar qishlaydigan joylarga sepiladi. 
Zararkunandalarga qarshi kurashni g’umbak paydo bo‘lishidan boshlash 
kerak. Agar daraxtlarni har xil zararkunanda parazit va yirtqich hashorotlar bilan 60 
foizgacha zararlangani aniqlansa, dalolatnoma tuzib, daraxtlarni butunlay kesish va 
yoqib yuborish chorasini qo‘llash kerak. 
Zararkunanda hashorotlarni qirib tashlash uchun 2-3 foizli (yoki 0,12-0,25 
foizli) preparat (amaldagi modda hisobida), GXTSG gamma izomerning 16 foizli 
mineral-yog’ emulsiyasi hamda piretroidli insektistidlarni (nurel, ambst) ishlatish 
kerak. 
Archa kasalliklari. Turli xil kasallik qo‘zg’atuvchilar o‘simliklarda rivojlanib 
biotik va abiotik omillarning ta’siri ostida patologiya jarayonlari paydo bo‘ladi, 
natijada o‘simliklar kasallanadi. Mana shu patalogik jarayonlar ta’sirida 
o‘simliklarning fiziologik funkstiyalari buziladi, to‘qimalar va o‘simliklarning 


88 
morfologik organlarida o‘zgarish sodir bo‘lib quriydi. O‘simliklarning 
manzaraviyligi buziladi va nihoyat ularni batamom nobud bo‘lishigacha olib boradi. 

Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin