O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti



Yüklə 5,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix10.12.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#139325
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

Ildizxo‘r (kornejil) - 
Hilastes substriatus
strohm. 
Ildizxo‘rning asosiy 
ozuqa manbai karag’ay turlari hisoblanadi. Qo‘ng’izlar asosan, daraxtlarning ostki 
qismlarida, to‘kilgan ninabarglar va moxlar bilan qoplangan ildiz bo‘g’inlarida, 
namli joylarda uchraydi. Yiqilgan yoki egilib o‘sayotgan daraxtlar tanasining ostki 
erga yaqin qismlariga joylashgan. 
Hasharotlar asosan, kuchsizlangan daraxtlarga yopiriladi va boshqa 
zararkunandalar bilan birgalikda hayot kechiradi. Qo‘ng’izlarining uchishi may 
oyidan boshlab avgustgacha davom etadi. Urg’ochi qo‘ng’izlar tuxum qo‘yish 
paytida daraxtlar va to‘nkalarning po‘stlog’i ostidagi yog’ochlarni kemirib o‘zlariga 
pastdan yuqoriga qarab yo‘l ochadi. 
Bu yo‘llarning uzunligi 4-6 ayrim hollarda 9 sm gacha etadi. Yo‘llarni ikki 
tomonida esa tuxum qo‘yadigan maxsus joylar yasaladi. Lichinkalarning yo‘llari 
egri-bugri bo‘lib daraxtlarning lub qismi ostida joylashgan ya’ni yog’och qismining 
ustki tomonida bo‘ladi. Ildizxo‘rning generastiyasi bir yillik, qo‘ng’izlari va 
lichinkalari qishlashadi. 
Kurash choralari. 
Daraxtzorlar sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, 
yo‘l bo‘ylarida profilaktik tadbirlar olib borish kerak. Qarag’aylarni bahorda 
zararlaydigan hasharotlar o‘rnashgan tuproqni aniqlash iyun oyida, yozgilari esa 
kuzda va qishda olib boriladi.
 
Bahorgi zararkunandalarni o‘zida saqlovchi daraxtlarni fevral - martda
yozgilarini esa iyun oyida hisoblab chiqiladi. Po‘stloqxo‘r va zlatkani yo‘qotish 
uchun ular qishlagan vaqtida daraxtlarga kimyoviy usul bilan ishlov beriladi. 
Zararkunanda qo‘ng’izlarni feromon tutkich vositasida ushlanadi. Kimyoviy usul 


91 
bilan ishlov berilganda archa zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan 
zaharli kimyoviy vositalar ishlatiladi. 
Qarag’ay turlarining zang kasalligi. Bu kasallikni xrizoliks avlodiga mansub 
bo‘lgan zang zamburug’lari keltirib chiqaradi. Bular ichida har xil xo‘jayinli 
(rivojlanish bosqichlari bir nechta o‘simliklarda kechadigan) va bir xo‘jayinli zang 
zamburug’lari mavjud va hamma bosqichlari bitta o‘simlikda rivojlanadi. 
Zang zamburug’i bilan qarag’ay turlarining nina barglari, novdasi va 
qubbalari kasallanadi. Bahorda nina barglarda zamburug’lar rivojlanib yostiqsimon 
ko‘rinishdagi to‘q sariq tusdagi spora hosil qiladilar. Zararlangan nina barglar 
quriydi, kasallangan o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi. 
Xrizomiks deformans zamburug’ini tleyto sporalarining ta’siri natijasida 
qarag’ay novdalarining o‘sishi sekinlashib qisqaradi, nina barglari esa to‘q sariq 
tusga kiradi. Vaqt o‘tishi bilan kasallangan novdalar qorayib nobud bo‘ladi. 
Zang zamburug’i bilan qarag’ayning qubbalari ham zararlanadi. Kasallangan 
qubbalarni tangachalari ochilgan, zamburug’ning sharsimon sariq estidiyasi ko‘rinib 
turadi. Zang zamburug’ining qolgan bosqichlari shumurtning bargida rivojlanadi. 
Kasallik urug’larining sifati va miqdoriga salbiy ta’sir qilib katta zarar 
keltiradi. Zararlangan qubbalarda urug’lar rivojlanmaydi, natijada urug’larning unib 
chiqishi past bo‘ladi. 

Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin