O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti


I BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI KO‘KALAMZORLAShTIRIShNING



Yüklə 5,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix10.12.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#139325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

I BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI KO‘KALAMZORLAShTIRIShNING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirishning maqsad va vazifalari 
 
Muhandislik inshootlari (yo‘l, ko‘prik va boshqalar) tarkibiga kiradigan 
yo‘l daraxtlari ob’ektning o‘ziga xosligini ta’kidlab, uni transport haydovchisi, 
piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan qabul qilinishini oshirishi kerak. Yo‘l 
o‘simliklari quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 
a) yo‘lning ko‘rinishini idroq qilish; 
b) insonlar va transport harakati xafsizligini yaxshiroq ta’minlash uchun 
sharoit yaratish; 
v) yo‘lni atrof landshaftiga moslashtirish, tabiat go‘zalligini bor bo‘yicha 
ko‘rsatish va shuningdek, landshaftni boyitish; 
g) mikroiqlimni yaxshilash; 
d) inshootlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash. 
Yo‘l o‘simliklari tabiatning boyliklarini ko‘rinishini buzmasdan, ayrim 
ko‘rimsiz ob’ektlarni (bino, ochiq kon v.b) ko‘rinishini berkitishga xizmat qiladi. 
Yo‘l o‘simliklari odamlar to‘planadigan joylarda (avtobus bekatlari, dam olish 
maydonchalari) atrof muhitga qaraganda yaxshilangan mikroiqlim sharoitini 
yaratishi kerak. Ular yuqori didli ko‘rinishda bo‘lib, odamlar to‘planadigan joyni 
shamoldan to‘sish, quyosh, chang va shovqindan saqlashga xizmat qiladi. 
Yo‘l o‘simliklari muhandislik inshootlari (ajratuvchi tasma, yon bag’r 
qiyaligi, suv qochirish ariqchalari v.b.) saqlanganligini ta’minlashga yordam 
beradi. Ko‘kalamzorlashtirish faqat manzara vazifasini emas, balki yo‘lning 
transport-ekspluatastion ko‘rsatgichlariga, ba’zi bir hollarda yo‘l harakati xavfsizligi 
va qulayligiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Yo‘l bo‘yi o‘simliklarining himoya funkstiyalari yo‘llarni qor va qum 
bosishidan va chang-to‘zondan asrashda, daraxtlar ochiq joylarda transport vositasini 
boshqarishni qiyinlashtiradigan yon tomondan esadigan kuchli shamolni to‘sishda, 



butalar o‘yma, ko‘tarma yon bag’rlarini va jarliklarni suv va shamoldan emirilishidan 
himoyalashda, o‘simliklar yo‘l poyini namgarchilik va suvli joylarda quritishga 
yordam beradi.
Yo‘l bo‘yi o‘simliklari yo‘l harakatini tashkil etishning kompleks tadbirlarida, 
tuman va qor bosib qolish davrlarida, sutkani qorong’i vaqtida yo‘lni idrok etishni 
ta’minlash, hamda yo‘lning to‘g’ri va egri bo‘laklarida haydovchilarni yo‘nalishni 
aniqlashini yaxshilash, yo‘lning ayrim elementlarini, chorrahalar, xizmat ko‘rsatish 
inshootlarini aniq ko‘rsatib harakat xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Ajratuvchi 
tasmali bo‘lgan ko‘p tasmali yo‘llarda haydovchilarni qarshi tomondan kelayotgan 
avtomobillar farasi yorug’ligidan ko‘z qamashishini oldini oladi. Mamlakatga 
mehmon bo‘lgan yo‘lovchilarni zavqlantiruvchi manzaralar bilan o‘ziga jalb qiladi.

Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin