1.6-rasm. Gazlama Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab sotilganligi uchun shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.
1.7-rasm. Ho’l meva
Ho’l meva (fruct) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar Mevasi urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tungunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl meva bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.
Temirbeton —beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton 19-asrda kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-asr 70 yillaridan tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va poʻlat) baravar ishlaydi. Betonning choʻzilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10—20 marta) past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qoʻshilsa, uning choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning poʻlat armaturaga yaxshi yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra taʼsirida chizikli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi armatura uchun temirbetonni hosil qilishga imkon beradi.