so`zlarning lug`aviy-ma’noviy tahlili asosida o`quvchilarda yuksak ma’naviy,
larga milliy qadriyatlar bilan bog`liq bilim, ko`nikma va malakalarni hamda ularda
xalqona qadriyatlarga hurmat, sodiqlik hissini tarbiyalash. Shundagina hozirgi
zamonaviy pedagogikaning talablariga muvofiq tarzda ona tili darslarida ta’lim va
imkoniyatlaridan kengroq va samaraliroq foydalanishga xalaqit qilayotgan ayrim
1) o`zbek tili O`zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida ish yuritish
jarayonida to`liq qo`llanishi, ya’ni ―Davlat tili haqida‖ gi Qonun talablari so`zsiz
2) barcha ta’lim muassasalarida insho yozishga alohida e’tibor qaratish
lozim. Chunki insho orqali o`quvchiyu talaba turli xil sinovlardan o`tadi, uning
imlo savodxonligi aniqlanadi, muayyan mavzuni qay darajada bilishi hamda uni
qanday o`zlashtirgani ma’lum bo`ladi. Eng asosiysi, insho orqali o`quvchining
ichki olami, ma’naviy dunyosi, tafakkur tarsi ifodalanadi. Shu sababli ham
65
yozilgan insho o`z mazmun-mohiyati, ishlatilgan tinish belgilari, so`zlarning uslub
jihatidan qo`llanishiga ko`ra baholanadi.
Inshoda og`zaki va yozma nutq mahorati mujassamlashadi, ya’ni yozma
nutq – inshoda yozilgan so`z va gap qoliplari asta-sekin mustahkamlanib borib,
og`zaki nutqda qo`llash uchun tayyor andoza holiga keladi. Insho yozish kishidan
faqat lisoniy tayyorgarlikni emas, balki siyosiym ijtimoiy yetuklikni, falsafiy
mushohadani, madaniy saviyani ham taqazo etadi. Shu nuqtai nazardan ta’lim
muassasalarida insho yozishni qat’iy talab sifatida kun tartibiga qo`yishni
maqsadga muvofiq, deb bilamiz;
3) milliy yozuvga jiddiy e’tibor qaratish, nashr etilayotgan barcha
adabiyotlarning imloviy to`g`ri bo`lihini ta’minlash, imlo lug`atlarini ko`p nushada
chop etish masalasini hal etish kerak;
4) ommaviy axborot vositalarida o`zbek tilining ahamiyati, millatlararo
totuvlikni ta’minlashdagi roli, shaxs ma’naviy kamolotida ona tilining o`rni
masalalari muntazam yoritib borilishi kerak. Televidenieda ―Tilga e’tibor‖
ko`rsatuvini qayta tiklash, barcha tele-, radiokanallarda ona tili va adabiyot bilan
bog`liq materiallar berib borilishini ko`paytirish lozim;
5) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, umuman olganda,
ijtimoiy rivojlanishni yanada kengaytirish maqsadida kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik jamiyat sari dadil qadam tashlanayotgan bir paytda tilshunos va
adabiyotshunoslar, shoir-u yozuvchilar, o`qituvchi va talabalarni, barcha ziyoliy
ahlini, ona tilimiz fidoyilarini o`zida birlashtiradigan ―Ona tili‖ jamiyatini tuzish
zarur;
6) ona tilimizga e’tibor faqat til bayrami munosabati bilan emas, balki
doimiy ravishda bo`lishiga erishishni ijtimoiy talab darajasiga ko`tarish muayyan
foyda berishga shubha yo`q;
7) ko`chalardagi e’lonlar, bekat nomlari va reklama vositasiga kirmaydigan
boshqa turdagi tashqi yozuvlarda qator imloviy xatolar ko`zga tashlanmoqda.
Davlatimiz ramzi, bayrog`i, madhiyasi, chegarasi kabi muqaddas bo`lgan
ona tilimizni asrab-avaylashda, uning imkoniyatlaridan to`g`ri foydalanishda
66
mahalliy hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari
xodimlari, boshlovchilar, aktyorlar, suxandonlarning mas’uliyatini yanada oshirish
dolzarb ahamiyatga ega.
Zotan, tilning rivojini ta’minlash til egalarining ushbu bebaho boylikka
nisbatan hurmat-ehtiromiga bog`liq. Shu ma’noda, o`zbek tili ta’limi mazmunini
tubdan isloh qilinib, yangi darsliklar yaratilgani, ularning nashrdan-nashrga
to`ldirilgan va takomillashtirilgan holda chop etilayotgani yosh avlod tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: