namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona
tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir‖.
1
Ona
tili elning taqdiri, kelajagini ham belgilaydigan eng muhim omildir.
Mashhur tilshunos Nizomiddin Mahmudov ta’biri bilan aytganda, til
muqaddas va muhtasham qudrat, sir-u sinoatli, noz-u nazokatli navo, millat degan
birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat boy beriladi. Demak, milliy til – ona tili
inson qavmini millat sifatida shakllanishini va bardavomligini ta’minlovchi
mo`jizadir. Ona tili avlodlarni avlodlarga, davrlarni davrlarga bog`lovchi tilsimdir.
Ona tili millatning birligi va borligini bosh belgisidir. Qadimiy, ko`hna va
navqiron o`zbek tili – o`zbek xalqining milliy tili, ona tilisidir. Millat va jamiyat
tarixiy takomilida ona tilining alohida o`rni bor. Demak, ona tili millatni
mavjudligining bosh asosidir.
Haqiqatdan ham insonning ma’naviy-ma’rifiy takomilida va ijtimoiy
hayotida ona tilining o`rni beqiyos. Inson ona tili vositasida dunyoni, borliqni,
o`zini anglaydi. Ona tilisi mavjud insongina inson. Ona tili muqaddas va mo`tabar
ulug` ne’mat, Alloh bergan mo`jiza, insonning inson sifatida shakllantiruvchi, ong
va tafakkurining takomilida muhim o`rin tutuvchi tilsim, insonlarni o`zaro
bog`lovchi robitadir.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, birinchi navbatda tilga bo`lgan e’tibor
kuchaydi, tilni o`rganish va uni hayotga tadbiq etishda ulkan imkoniyatlar yuzaga
keldi. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasining ―Davlat tili haqidagi‖ Qonunning
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 83.
5
qabul qilinishi o`zbek tilining taraqqiyotida yangi bir o`zgarishlar davrini boshlab
berdi. O`zbek tilining – davlat tili ekanligi O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilab qo`yilgan. Bu ayni paytda o`zbek
tilining yanada rivojlanishi, keng o`rganilishi, targ`ib qilinishida muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
O`zbek tilining davlat tili sifatida yashayotganligi bugungi milliy istiqlolimiz-
ning muhim belgilaridan biridir. O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi
mamalakatimizda yashovchi boshqa millat va elatlarning o`z ona tilini qo`llashga
monelik qilmasligi, fuqarolar millatlararo muomala tilini o`z xohishlariga ko`ra
tanlash huquqiga egaligi Konstitutsiya va ―Davlat tili haqida‖gi qonunimizda
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo`yilgan. O`zbekistonda turli millat vakillarining
til tengligi to`la qonun asosida ta’minlangandir.
1
Ana shu ma’noda O`zbekiston
Respublikasining til siyosatini sotsiolingvistik tadqiq etish muhim ilmiy-nazariy va
amaliy ahamiyatga ega.
Shu jihatlari bilan magistirlik dissertatsiyasi dolzarblik kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |