O’zbekiston respublikasi


Dissertatsiyaning  tuzilishi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix01.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#107638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
ozbekiston respublikasining til siyosati

Dissertatsiyaning  tuzilishi.  Dissertatsiya  hajman  82  bet  bo`lib,  kirish, 

―O`zbek  tilshunosligida  sotsiolingvistik  tadqiqotlar‖,  ―O`zbekiston  Respublikasi-

ning  mustaqilligi  va    til  siyosati‖,  ―O`zbekiston  Respublikasining  til  siyosati  va 

o`zbek  tili  taraqqiyoti‖  kabi  uch  asosiy  bob,  umumiy  xulosalar,  foydalanilgan 

adabiyotlar  ro`yxatidan iborat.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 



1-bob. O`zbek tilshunosligida sotsiolingvistik tadqiqotlar 



1.1.  O`zbek tili va adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi 

 

Til, xususan, ona tili ham bir vatan. Tilda millat yashaydi. Millatning tarixi, 

taraqqiyoti, milliyligi va kelajagi shu til bilan bog`liq.  

Har  bir  xalqning  xalqligini,  mavjudligini  ta’minlovchi  va  namoyon  etuvchi 

ma’naviy-ma’rifiy  xazina  ham  tildir.  Milliy  til  –  ona  tili  inson  qavmini  millat 

sifatida  shakllanishini  va  bardavomligini  ta’minlovchi  mo`jizadir.  Demak,  til  – 

millatning  o`zligini  ko`rsatuvchi  eng  muqaddas  vosita.  Ona  tili  –  muqaddas  va 

mo`tabar  ulug`  ne’mat,  Alloh  bergan  mo`jiza,  insonning  inson  sifatida 

shakllantiruvchi,  ong  va  tafakkurining  takomilida  muhim  o`rin  tutuvchi  tilsim, 

insonlarni o`zaro bog`lovchi eng muhim, eng  ulug` robitadir.  

Prezidentimiz Islom Karimov ―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖ nomli 

asarlarida  ta’kidlaganlaridek,  ―Ma’lumki,  o`zlikni  anglash,  milliy  ong  va 

tafakkurning  ifodasi,  avlodlar  o`rtasidagi  ruhiy-ma’naviy  bog`liqlik  til  orqali 

namoyon  bo`ladi.  Jamiki  ezgu  fazilatlar  inson  qalbiga,  avvalo,  ona  allasi,  ona 

tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili  – bu millatning ruhidir‖.

1

 Ona tili 



elning taqdiri, kelajagini ham belgilaydigan eng muhim omildir.   

Haqiqatdan,  insonning  ma’naviy-ma’rifiy  takomilida  va  ijtimoiy  hayotida 

ona  tilining  o`rni  beqiyos.  Til  –  ma’naviyat  kaliti,  o`zlikni,  dunyoni  va  borliqni 

anglash vositasi.  Bilish va o`rganish ham til vositasida amalga oshadi. Inson ona 

tili vositasida dunyoni, borliqni, o`zini anglaydi. Ona tilisi mavjud insongina inson.  

Shu  bois  ham  O`zbekiston  hukumati  tomonidan  til  siyosatiga  istiqlol 

siyosatining  uzviy  bir  qismi  sifatida  qaraldi.  Mustaqillikning  ilk  samarasi  o`laroq 

bundan  27  yil  muqaddam  –  1989-yil  21-oktyabrda  O`zbekiston  Respublikasining 

―Davlat tili haqida‖ gi Qonuni qabul qilindi. O`zbek tili davlat tili maqomini oldi. 

Prezident  Islom  Karimov  “O`zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostona-



sida” asarida til haqida shunday yozadi:  

                                                 

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б.  87.  



 


 

10 


―Til  haqidagi  ba’zi  mulohazalar  bilan  o`rtoqlashmoqchiman.  Birinchi 

navbatda  shuni  aytmoqchimanki,  o`zbek  tiliga  davlat  tili  maqomining  berilishi 

hech  kimda  hech  qanday  shubha  tug`dirmasa  kerak.  Bu  allaqachon  yuz  berishi 

lozim bo`lgan hodisa ediki, aholimiz ko`pchiligining qonuniy talabi ham shunday 

edi. 

Binobarin,  o`z  ona  tilini  bilmagan  odam  o`zining  shajarasini,  o`zining 




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin