v) mahalliy tillar (dialektal jamoalar ichidagi ichki etnik muloqotni ta’min-
lovchi vosita yoki kommunikatsiya).
Shuningdek, kasb-hunarga oid tillar ta’limi (jumladan, fan tillari) va ma’lum
dinga xizmat qiluvchi alohida tillarga (Qur’on, arab, hozirda o`lik pari tili, islom,
buddizm, induizmga aloqador sanskrit tillari) ham bo`lingan holda alohida
ko`rsatilishi mumkin.
Til va jamiyat o`rtasidagi o`zaro aloqani o`rganish turli davrlarda turlicha
yondashuvlarga sabab bo`lgan bo`lsa-da, bu sohadagi ilmiy qiziqishlar bugungi
kunga kelib yanada kuchayib bormoqda.
Tildagi elementlar doimo o`zgarishga moyil bo`lishi bilan birga qat’iy
xarakterga ham egadir. Muayyan tilga ushbu tilda so`zlovchi har bir kishi doimiy
ravishda ta’sir ko`rsatib turadi. Bu ta’sir, albatta, leksik va grammatik shakllarda
bo`lmasa-da, tilning nutqiy foydalanish darajasida mavjuddir. Demak, til, bir
tomondan, ijodiy jarayon bo`lsa, ikkinchi tomondan, u allaqachon vujudga kelgan
qat’iy tizim hamdir.
Ushbu munosabatlardan biz til va jamiyat o`rtasidagi o`zaro aloqa qanchalik
chambarchas bog`liq ekanligini ko`ramiz.
Albatta, til ham, jamiyat ham ma’lum fanlar uchun predmet hisoblanadi.
Tilshunoslik yoki lingvistika tilga doir narsalarni o`rgansa, sotsiologiya fani uchun
20
jamiyat va unga aloqador tomonlarning barchasi uchun eng muhim tadqiqot
obyektidir.
XIX asrning ikkinchi yarmidan umumiy fanlarning turli tarmoqlarga tezkor
sur’atda bo`linib ketishi, ixtisoslashuvning kuchayishi bilan yangi tadqiqot sohalari
vujudga kela boshladi.
XX asr boshlariga kelib til va jamiyat munosabatini alohida o`rganishga
bo`lgan qiziqish turli oqimlarni vujudga keltirdi. Xususan, shu davrda tilga faqat
ijtimoiy fakt, ijtimoiy mahsulot deb qaraydigan kishilar ham topildi. Til haqidagi
bunday fikrlarni umumlashtirgan shaxs Ferdinan de Sossyur (1857-1913) dir. U
tilshunoslikni ikki turga: ichki tilshunoslik va tashqi tilshunoslikka bo`ldi.
XX asrning 20-30-yillari til mavjudligining ijtimoiy zaruriyat ekanligini
isbotlah davri bo`lsa (Y.D. Desheriyev, 1968; L.P. Yakubinskiy, 1953), faqatgina
60-yillarga kelib til va jamiyat aloqasi to`g`risidagi fan – sotsiolingvistika fanini
fan sifatida o`rganish va bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishga bo`lgan qiziqish
ortdi.
Bugungi kunga kelib sotsiolingvistika fani o`zining predmetiga ega bo`lishi
bilan yaxlit fan sifatida shakllandi, deyish mumkin. Shunday bo`lsa-da,
sotsiolingvistika fanida ko`pgina muammolar haligacha o`z yechimini topgani
yo`q.
Sotsiolingvistika fani, bir tomondan, tilshunoslik, ikkinchi tomondan esa,
sotsiologiya fani muammolari bilan chambarchas bog`langandir. Bugungi kunda
sotsiolingvistika fanining muhim muammolari sifatida quyidagilarni ko`rsatish
mumkin:
1. Tilning ijtimoiy tabaqalanishi.
2. Bilingvizm va ko`p tillilikning sotsiolingvistik xususiyati.
3. Diglossiya.
4. Til (nutqiy) vaziyatlarning tipologiyasi.
5. Milliy va adabiy tillar hamda ularning ijtimoiy funksiyalari.
1
1
Дешериев Ю.Д. Проблема функционального развиятия языков и задачи социолингвистики, 1953.
21
Yuqorida ko`rsatilgan muammolar sotsiolingvistika fani uchun eng
muhimlari hisoblanadi. Barcha sotsiolingvistik maktablar va yo`nalishlar uchun
xususiy tadqiqot metodlarini ishlab chiqish va ularni tadbiq etish ham muhim
masalalardan biri bo`lib qolmoqda.
1
Dostları ilə paylaş: |