O’zbekiston respublikasi


lug`ati”  (Anqara,  1992),  “Turkcha-o`zbekcha  so`zlashgich”  (



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix01.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#107638
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
ozbekiston respublikasining til siyosati

lug`ati”  (Anqara,  1992),  “Turkcha-o`zbekcha  so`zlashgich”  (Anqara,  1992)  ni 

tuzdi.  


 

So`nggi yillarda o`zbek tilshunosligida ham oltoyshunoslikka oid tadqiqotlar 

ham  yuzaga  keldi.  Sh.R.Usmonova  oltoy  tillaridagi  maishiy  leksikaga  doir 

doktorlik  dissertatsiyasini  himoya  qildi  va  “Oltoy  tillarida  mushtarak  maishiy 



leksika” (Toshkent: Fan, 2010. – 230 b.) nomli monografiyasini yaratdi. Tadqiqot-

da 180 ta umummushtarak maishiy so`zlarning tarixiy-etimologik, leksik-semantik 

xususiyatlari, semantik va fonetik strukturasidagi o`zgarishlar tahlil qilingan.  

Ta’kidlamoq joizki, tilning muayyan bir vazifasiga asoslangan holda uning 

yaxlit  mohiyatini  belgilab  bo`lmasligi  tabiiy,  chunki  til  ko`p  vazifali  hodisadir. 

Ammo  dunyo  ilmiy  tilshunosligida  ham  ana  shunday  bir  yoqlama  yo`ldan  ham 

                                                 

1

 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – Б. 222. 



 


 

72 


yurildi,  ya’ni  ―system-srtuktur  tilshunoslik‖  nomini  olgan  va  anchayin  keng 

tarqalgan  paradigma  tilning  aynan  aloqa  vositasi  bo`lish  –  kommunikativ 

vazifasigagina  suyanish  asosida  yuzaga  keldi.  Aslida  kommunikativ  vazifa  bilan 

bir  qatorda  ―Til  dunyoni  bilish,  bilimlarni  to`plash,  saqlash,  keyingi  avlodlarga 

yetkazish,  ruhiy  munosabatlarni  aks  ettirish,  go`zallik  kategoriyalarini 

voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajaradi… Tilni faqat kishilar o`rtasidagi 

aloqa  vositasi  sifatidagina  talqin  etish  insonning  tabiiy  tilini,  bu  benihoya 

murakkab  va  muhatasham  hodisani,  eng  kami,  jo`nlashtirishdan,  aniq  bir  milliy 

qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo mosuvo bo`lgan sun’iy tilga (masalan, 

eksperanto  kabi)  tenglashitirishdan,  yo`l  harakatini  tartibga  solish  maqsadida 

yaratilgan shartli ―til‖ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas‖.

1

 



Sistem-struktur  tilshunoslikda  til  immanent  hodisa  sifatida  egasidan, 

so`zlovchidan  ajratilib  o`rganildi,  uning  ko`pdan-ko`p  va  xilma-xil  vazifalari 

e’tibordan soqit qilindi. Til chinakam bemisl va muhtasham hodisa sifatida, sohibi 

mutlaqo  aniq  fenomen  sifatida  antroposentrik  tilshunoslikda  tadqiq  obyektiga 

aylandi.  Tilga  antroposentirik  yondashuv  garchi  XX  asr  oxiri  –  XXI  asr  boshida 

yangidan  paydo  bo`lgan  esa-da,  uning  ildizlari  nemis  olimi  V.Fon  Gumboldtning 

mashhur  g`oyalariga  borib  taqaladi.  Uning  ―Til  xalqlar  ruhining  huddi  zohiriy 

namoyon  bo`lishidir:  xalqning  tili  uning  ruhidir  va  xalqning  tili  uning  ruhidir  va 

xalqning ruhi uning tilidir, bulardan-da bir-biriga aynan mos boshqa biror narsani 

tasavvur qilib bo`lmaydi‖; 

―Tillarning  xilma-xilligi  tovushlar  va  belgilardagi  farqlar  tufayligina  emas, 

balki  dunyoni  ko`rishning  o`zidagi  farqlar  tufayli  hamdir‖;  ―Turli  tillar  millatlar 

uchun  ularning  orginal  tafakkuri  va  tasavvuri  organlari  ekanligini  umume’tirof 

etilgan  deb  hisoblash  mumkin‖;  ―Tafakkur  umuman  tilga  shunchaki  bog`liqqina 

emas, u muayyan darajada har bir alohida til bilan shartlangan hamdir‖; ―Xarakter 

yaratish  uchun  eng  qulay  vosita  tildir‖;  butun  milliy  xarakter  faqat  tilda 

muhrlangan;  ―Millatning  xarakterini  axloq,  odat,  xatti-harakatidan  ko`ra,  tiliga 

                                                 

1

 Маҳмудов Н. Маърифат маняиллари. – Т.: Маънавият, 1999. – Б. 44. 




 

73 


qarab  osonlik  bilan  bilish  mumkin‖

1

  fikrlarida  allomaning,  ta’bir  joiz  bo`lsa, 



lingvoantropologik falsafasi o`zining ochiq ifodasini topgan. 

Tilning  teran  antroposentrik  mavzu  mohiyati  muhtaram  Yurtboshimiz 

tomonidan  mana  bunday  ta’riflangan:  ―…O`zlikni  anglash,  milliy  ong  va 

tafakkurning  ifodasi,  avlodlar  o`rtasidagi  ruhiy-ma’naviy  bog`liqlik  til  norqali 

namoyon  bo`ladi.  Jamiki  ezgu  fazilatlar  inson  qalbiga,  avvalo,  ona  allasi,  ona 

tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir‖

2



Ko`rinadiki, antroposentrizm tilning bevosita asosiga daxldor hodisadir. Rus 



tilshunosi  T.B.Radbil  antroposentrizm  tilning  fundamental,  bazaviy  xususiyati 

ekanligini  atroflicha  yoritar  ekan,  Y.S.Stepanovning  ―til  inson  andazasida 

yaratilgan va bu o`lcham tilning tuzilishining o`zida muhrlangan, shunga muvofiq 

til  o`rganilmog`i  ham  kerak‖,  degan  gaplarini  keltiradi

3

.  Tildagi  sonsiz-sanoqsiz 



metaforalarni  esga  olgandayoq  inson  tashqi  dunyoni  o`z  o`lchovi,  o`z  andazasi 

bilan  idrok  tishini  osonlik  bilan  tasavvur  qilmaslik  mumkin  emas:  daraxtlar  ko`z 




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin