O’zbekiston respublikasi



Yüklə 404,5 Kb.
səhifə2/26
tarix08.09.2022
ölçüsü404,5 Kb.
#117718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Falsafa fani syllabusi 2022-2023

II.FANNING MAZMUNI
Fanni o‘qitishdan maqsad (Objectives) - talabalarda oliy ta’lim tizimida egallagan dunyoviy, falsafiy va diniy bilimlardan ijtimoiy hayotda maqsadli foydalanish malakalarini shakllantirish va to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari - talabalarga falsafiy, ilmiy va diniy bilimning tafakkur uslubining o‘zgarishiga ta’siri, tabiiy-ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyatini, texnika va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolyusiyasini, madaniyat, ommaviy madaniyat va ommaviy madaniyatsizlikning o‘zaro aloqasi va farqini, diniy madaniy an’analarda oila va farzand tarbiyasiga oid g‘oyalarning ahamiyati, diniy bilimlarning fanatizm, dindorlik, shamanizm, terrorizmdan farqini, diniy e’tiqodning yo‘nalishlarini, global jarayonlar va barqaror taraqqiyot omillarining o‘zaro mutanosibligini, ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rnini, korrupsiya nima, u qanday shakllanadi, korrupsiyani bartaraf etish yo‘llari va vositalari masalasini, dunyoviy bilim va malakalarni yangi O‘zbekistonda islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, ijtimoiy mas’uliyatini his qilishni o‘rgatishdan iborat.


III. ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)
III.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: (THEMES)


1-MODUL. F A L S A F A
1-mavzu. Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari.
Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari, yangi sohalari va o‘zgaruvchan xarakteri. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Falsafaning dunyoqarashga doir ijodiy roli. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Fanning dunyoqarashga doir mohiyati, fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning o‘zaro mutanosibligi, farqi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.Mustaqil ta’lim:Falsafiy dunyoqarashning o’z-o’zini anglashdagi roli.Insonning ma’naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning o’rni.Sh.Mirsiyoev “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi haqida.



Yüklə 404,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin