Fanni o‘qitishdan maqsad:- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega qilish. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga aloqador bo‘lgan uslubiy jihatdagi yangilik va muammollarni o‘rganishni o‘rgatish. Boshlangich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘quv jarayonini tashkil qilishni o‘rgatish.
Talabalarni matеmatika o‘qitish mеtodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdеk, maktab darsliklari mazmuni va mеtodik tuzilishi bilan tanishtirish;
boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or mеtod va usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Shuningdеk o‘qitishda:
ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib bеrish;
ta’limni insonparvarlashtirishni;
matеmatika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
- o‘qitishning innovatsion, pеdagogik va axborot kommunikatsion tеxnologiyalar yutuqlaridan foydalanishdan iborat.