“TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
X.Sh.Kadirov ______________
”_____”____________ 2022-yil
Modul / fan sillabusi 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim
Fan/modul:
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI
Fan/modul turi:
Majburiy fan
Fan/modul kodi:
MO`MM20014
Yil:
2022-2023
Semestr:
5-6
Ta’lim shakli:
Sirtqi (5 yillik)
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
Jami:
4
5
6
420
90
150
180
Jami auditoriya mashg‘ulot soatlari:
80
16
32
32
Ma’ruza
28
6
12
10
Amaliy mashg‘ulotlar
36
6
14
16
Seminar mashg‘ulotlari
16
4
6
6
Mustaqil ta’lim
340
74
118
148
Kredit miqdori:
14
3
5
6
Baholash shakli:
Sessiya oraliq topshiriqlari va test
Kurs tili:
o‘zbek
TOSHKENT-2022
Fan/modulning maqsadi (MM)
F/MM1
“Matematika o‘qitish metodikasi” fani 5111700 – “Boshlang‘ich ta’lim” yo’nalishida talabalarda matematika (MODUL-kredit tizimida ham) sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to‘g‘risida rejada matematika o‘qitishda asosiy e’tiborni yangilanishga qaratilganligini ta’kidlash mumkin. Dastur mazmunida talabalar fan bo‘yicha oladigan bilimini zamon talabi darajasiga yetishida, pedagogik texnologiya va axborot kommunikatsion texnologiyalar yutuqlari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligini yuqori darajada rivojlantirishga erishish kabi eng muhim vazifalarni hal etilishiga qaratilgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o‘qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ualarni amalda qo‘llay olishini ta’minlash.
Fanning vazifasi – talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
1
Talaba boshlang‘ich sinfda matеmatika o‘qitish mеtodlarini; boshlang‘ich sinfda matеmatika o‘qitishni tashkil qilish shakllarini; boshlang‘ich sinfda matеmatika o‘qitishda foydalaniladigan o‘quv vositalarni; asosiy miqdorlarni o‘rgatish metodikasi; arifmetik amallarni o‘rgatish mеtodikasini; boshlang‘ich sinflarda algebra elementlarini o`rgatish metodikasini; geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasini; boshlang‘ich sinflarda masalalar yеchishga o‘rgatish mеtodikasini bilishi kеrаk.
Ta’lim natijalari (TN)
TN1
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish uchun zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni
TN2
Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish matematika darslarida zamonaviy ta’lim vositalardan foydalanishni
TN3
“Matematika o‘qitish metodikasi” zamonaviy talablar asosida boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini samarali tashkil qilish yo’llarini
TN4
ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini
TN5
Matеmatika o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha mеtod va usullarni farqlash
TN6
“Matematika o‘qitish metodikasi” boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitishda qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi
TN7
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash