O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 75,32 Kb.
səhifə19/21
tarix06.05.2023
ölçüsü75,32 Kb.
#126501
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Aqli zaif bolalardagi nutq nuqsonlarini korreksialashda òyin faoliyatining ahamiyati

UMUMIY XULOSA
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish – juda jiddiy ilmiy-metodik muammo bo‘lib, ushbu muammmoga psixologikpedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga qaratilgan Kurs ishichilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini Kurs ishii bilan shug‘ullangan barcha Kurs ishichilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini ko‘rsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yo‘llari, voistalaridan biri didaktik o‘yinlar ekanligi ta’kidlaganlar. O‘yinda, ayniqsa, didaktik o‘yin orqali bolalar yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni egallab oladilar, nutqi shakllanadi va rivojlanadi. Bularning barchasi
biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni
rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik o‘yin texnologiyalari guruh defektologining “Nutq o‘stirish”, “Logoritmika” mashg‘ulotlari hamda maxsus guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlari davomida tizimli tarzda qo‘llanildi. Nutq kamchiliklarni korreksiyalash, nutq rivojlanishini yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar davomida tanlangan maxsus didaktik o‘yin texnologiyalari qo‘llandi. Bundan tashqari mazkur didaktik o‘yin texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning otaonalariga taqdim etilib, bolalarning bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etildi.
Kurs ishiimizning ta’kidlovchi bosqichini amalga oshirish natijasida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bir qator nutq kamchiliklari ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi Kurs ishi natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni
nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqga ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi Kurs ishi natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqqa ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi. Bolalarda o‘yin davomida diqqatsizliklari, xotira va kuzatuvchanlikni sust rivojlangani, sabab-oqibat munosabatlarni tushunishni qo‘pol buzilganligi kuzatildi. Bularning barchasi bizga maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini didaktik o‘yinlar asosida rivojlantirishga qaratilgan korreksion –rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda ta’kidlovchi Kurs ishi natijalari asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi didaktik o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi. O‘tkazilgan nazorat eksperimental Kurs ishi asosida tarbiyalanuvchilarni bog‘langan nutqi, mantiqiy tafakkuri, tasavvur, tafakkur operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi sezilarli darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda diqqatlarini jamlay olish, ko‘rsatmalarni tinglash va tushunish, yo‘naltiruvchi savollardan foydalanish, o‘z fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar berish ko‘nikmalari nisbatan ijobiy tarzda o‘zgarganligi kuzatildi. Aksariyat bolalar topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna bilan ishlash, taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan o‘zgarganligi ko‘zga tashlandi. Nazorat eksperimental Kurs ishi asosida, intellektual kamchiliklarga ega maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni namoyish etib, dastlabki va takroriy ta’kidlovchi Kurs ishilarni taqqoslash asosda
umumiy ijobiy o‘sish tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida topshiriqni bajarishdan bosh tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan, topshiriqni bajarish davomidagi hissiy-irodaviy soha, tormozlanish-qo‘zg‘alish jarayonlari, tafakkur operatsiyalarining kamchiliklar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan tarbiyalanuvchilar soni qisqardi. Kurs ishida qo‘llanilgan didaktik o‘yin texnologiyalaridan aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda samara berdi va ulardan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin ekanligi tasdiqlandi. Biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanilsa, bu toifadagi bolalarning nutq faoliyatini rivojlanish jarayoni ancha samarali kechadi degan faraz isbotlandi.

Yüklə 75,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin