O‘zbekiston respublikasi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 75,32 Kb.
səhifə2/21
tarix06.05.2023
ölçüsü75,32 Kb.
#126501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Aqli zaif bolalardagi nutq nuqsonlarini korreksialashda òyin faoliyatining ahamiyati

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Me’yorida rivojlanayotgan bolalar nutqining rivojlanishi yuzasidan bir qancha olimlar samarali ilmiy izlanishlar olib borgan (L.S.Vigotskiy, A.N.Gvozdev, D.B.Elkonin, A.P.Sokolov, N.X.Shvachkin, A.Vallon va boshqalar).
Taniqli olimlar S.Ya.Rubinshteyn, G.A.Kashe, V.G.Petrova, J.I.Shif,
V.I.Lubovskiylar aqli zaif bolalar nutqining me’yorida rivojlanayotgan bolalar nutqidan muayyan darajada orqada qolishini ta’kidladilar.
Respublikamizda intellekti me’yorida maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutqiy kamchiliklar bo‘yicha L.R.Mo‘minova, X.M.Po‘latova, N.R.Raxmonqulova, M.Yu.Ayupova, I.G.Veretennikova va E.A.Babaevalar o‘rganganlar.
Pedagog va psixolog olimlar D.N.Uznadze, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev,
D.B.Elkonin, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va boshqalar o‘yinga asoslanuvi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida Kurs ishi ishlarini olib borganlar.
Shunday qilib, maxsus pedagogikada olib borilgan ilmiy Kurs ishilar bilan tanishish jarayonida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish muammosini dolzarbligini aniqladik.
Kurs ishining maqsadi: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish xususiyatlarini o‘rganish va didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali nutqni rivojlantirishga qaratilgan samarali, korreksion yo‘llarini tadqiq etishdir.
Kurs ishi ob’ekti: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish texnologiyalari.
Kurs ishi vazifalari:

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini shakllantirish va rivojlantirish muammosini pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarda ishlanganligi darajasini o‘rganish;

  • muammo bo‘yicha mavjud Kurs ishilar asosida ta’kidlovchi va ta’limiy tajriba-sinov ishlari metodikasini ishlab chiqish;

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanishda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni kuzatish va

tahlil etish;

  • ta’kidlovchi eksperiment jaryonida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish va maxsus tanlangan didaktik o‘yinlar o‘rganish yordamida uni rivojlantirish imkoniyatini o‘rganish;

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali nutqni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berish.


Yüklə 75,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin