O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO KAFEDRASI “ANALITIK KIMYOSI” fanidan “Ekstraksiya usullari”
mavzusida
KURS ISHI
Bajardi: kimyo yo’nalishi KIM-AU-19-guruh talabasi I.Mamarasulov
Rahbar: D. Sattarova
Namangan 2021 Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Mamarasulov Ilyosjonning “Ekstraksiya usullari” mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
Ushbu kurs ishi “Ekstraksiya usullari” mavzusida bo’lib, unda mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan.Jumladan, Ekstraksiya usullarining sanoatining qo’llanilishi rivojlanish tarixi va undagi ayrimkamchiliklar yoritib berilgan.Talaba kurs ishini bayon etishda fanga uslubiy qo’llanmalar internetma’lumotlaridan foydalangan biroq ommaviy axborot nashrlaridan foydalanmagan. Bundan tashqari kurs ishini bayon etishda ba’zi bir jumlalarni, formulalarni tuzishdaxatolikka yo’l qo’ygan.Yuqoridagilardan kelib chiqib hay’at azolari ijobiy ball berishlarini so’rayman.
Taqrizchi: O. Abdullajonov
Mundarija Kirish……………………………………………………………………3
1.1.Fizik Kimyoviy analiz usullari………………………………………5
1.2.Ekstraksiya usullari va Ekstraksiya jarayonining qonuniyyatlari…6
1.3.Ekstraksiyalanuvchi birikmalar va Ekstraksion jarayonlarning turlari…………………………………………………………………………13
1.4.Ekstraktorlarning turlari va tuzilishi ……………………………….15
1.5 Ultrasonik ekstraksiya ekstraksiyalar orasida eng mashhuri……….22
Xulosa…………………………………………………………………..24
Foydalanilgan adabiyotlar royhati……………………………………...25
KIRISH Ekstraksiya bu lotinchadan olingan bo’lib “ajrataman” degan ma’noni anglatadi. Ekstraksiyalash kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, metallurgiya, farmaseftika sanoatlarida keng ishlatiladi. Analitik kimyoda xossalari jihatdan o’zaro o’xshash bo’lgan elementlarni (nikel va kobolt, sirkoniy va gafniy hamda boshqalarni) bir- biridan ajratishda qo’llaniladi. Qattiq yoki suyuq aralashmani ajratish usuli; bunda ularga kompanentlari bir xilda erimaydigan har xil erituvchilar bilan ishlov beriladi. Odatda, ekstraksiyaning diffusion apparatlar (ekstraktorlar) yordamida suvli eritmalarda bajariladi. Ekstraksiyaga teskari jarayon-reerstraksiyalash. Ekstraksiyadan keyin fazalarga ajratish uchun tindiriladi, tsentrafugalanadi, kristallanadi. Gidrometallurgiyada, farmaseftika preparatlarini, oziq-ovqat va kimyoviy mahsulotlarni olishda ishlatiladi.
Gazli ekstraksiya-suyuq holdagi gazlardan iborat ekstragent bo’lib, uning yordamida ekstraksiya amalga oshiriladi. Suyuqlikli ekstraksiya-bittasi ekstragent tutgan bir-birida aralashmaydigan suyuq fazalar orasida kompanentlarning taqsimlanishiga asoslangan ekstraksiyadir.
Eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi: a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.Eritmalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchilar – ekstragentlar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‘zaro aralashtirilganda erituvchida faqat kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon yoki butunlay erimaydi.Ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsiyalash kabi suyuqlik aralashmalirini ajratish uchun qo‘llaniladi. Bu usullarning qaysi birini tanlash aralashmalar tarkibidagi moddalarning xossalariga bog‘liq. Rektifikatsiyalash jarayoni, odatda, issiqlik ta’sirida boradi.Ekstraksiyalashni amalga oshirish uchun issiqlik talab etiladi. Rektifikatsiyalash aralashma komponentlarining har xil temperaturalarda bug‘lanishiga asoslangan. Agar aralashma komponentlarining qaynash temperaturasi bir-biriga yaqin yoki ular yuqori temperaturaga beqaror bo‘lsa, bunday hollarda ekstraksiyalash jarayonidan foydalaniladi. Тanlab olingan erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo‘lgan suyuqlik zichligidan kichik bo‘lishi shart.Dastlabki eritma va erituvchi o‘zaro ta’sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt va rafinant) hosil bo‘ladi. Ajratib olingan moddaning erituvchilarga eritmasi ekstrakt, dastlabki eritmaning qoldig‘i esa rafinant deb yuritiladi. Rafinant tarkibida biroz miqdorda erituvchi ham bo‘ladi. Olingan ikkita suyuqlik fazasi bir-biridan tindirish, sentrafugalash va boshqa mexanik usullar yordamida ajratiladi. So‘ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib olinadi, rafinantdan esa erituvchi regeniratsiya qilib ajratiladi.Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash, bug‘latish va hokazo) ga birmuncha afzalliklarga ega: jarayon past temperaturalarda olib boriladi, eritmaning bug‘lanishi uchun issiqlik talab qilinmaydi, yuqori tanlovchanlik (selektivlik) xususiyatiga ega bo‘lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor. Bu usul kamchiliklardan xoli emas: qo‘shimcha component (erituvchi) ni ishlatish va uni regeniratsiya qilishni tashkil etish jihozlar chizmasini murakkablashtiradi va ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi.Suyuqlik – suyuqlik tizmalarini ekstraksiyalash jarayonlari kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu jarayonlar turli organik va neftkimyoviy sintez mahsulotlarini toza holda ajratib olish, chiqindi suvlarini tozalash va shu kabi boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ayrim sharoitlarda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan birgalikda olib boriladi. Suyuqliklar aralashmasi rektifikatsiyalashdan oldin birlamchi ekstraksiyalash yo‘li bilan qisman ajratilsa,rektifikatsiyalash uchun issiqlik kamroq talab etiladi.