O‘quvchilarjamoasiningtarbiyaviyfunksiyalari. Har qanday sinf (guruh) jamoasining o‘quvchiga individual ravishda ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’siri ma’lum xarakterga ega bo‘ladi. Pedagogik manbalarda o‘quvchilar
111 Педагогика назарияси ва тарихи. 1-қисм. Педагогика назарияси / Олий ўқув юртлари учун дарслик. М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳр. остида. – Т.: “Иқтисод-молия”, 2007. – 102-114-б.
jamoasining o‘quvchiga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sirini uning xarakteri va mohiyatiga ko‘ra uch guruhga ajratilishi ko‘rsatilgan. Ular (22-rasm):
O‘quvchilarjamoasiningtashkiliyfunksiyasi. O‘z mohiyatiga ko‘ra tashkiliy funksiya yordamida o‘quvchilar jamoasining turli ko‘rinishdagi faoliyatini uyushtirish, o‘z-o‘zini boshqarish organiga egalik asosida jamoa hayotida avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq tashkil qilinadigan tadbirlarning tashkiliy masalalarini hal qilish, yuzaga kelgan tasodifiy vaziyatlarni hal qilish kabi vazifalar bajariladi. Bu kabi vazifalarni bajarishda jamoadagi har bir a’zoning ichki imkoniyatlarini inobatga olish, ularning zimmasiga mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy topshiriqlarni yuklash muhim ahamiyatga ega.
Sinf o‘quvchilar jamoasining tashkiliy funksiyasi, birinchi navbatda,jamoanin g rivojlanish dinamikasida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, ushbu funksiya o‘quvchilar jamoasi tomonidan ijtimoiy topshiriqlarning o‘zaro hamjihatlikda, hamkorlikda bajarishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarjamoasiningmafkuraviy-tarbiyaviyfunksiyasi. Har bir jamoa aniq maqsad asosida muayyan g‘oyalar atrofida birlashadi. Jamoaviy birlik, hamkorlik, o‘zaro yordam va hamjihatlikka erishish; zarur, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda jamoa a’zolarining bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashiga erishish; ta’lim muassasasida belgilangan tartib-intizom qoidalariga rioya qilish; jamoaning sha’ni uchun kurashish, obro‘sini saqlash; jamoa an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; ta’lim muassasasida o‘quvchilar jamoasining o‘quv-bilish hamda ijtimoiy faoliyat, shuningdek, turli yo‘nalishlarda tashkil etiladigan ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida yetakchiligini ta’minlash orqali mafkuraviy-tarbiyaviy funksiyaning mohiyati namoyon bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar jamoasi mafkuraviy va axloqiy g‘oyalarni tashuvchisi, targ‘ibotchisiga aylanadi. Binobarin, o‘quvchilar jamoasining ta’siri tufayli o‘quvchida muayyan axloqiy e’tiqod shakllanadi.
Mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri, oqilona foydalanish orqali mafkuraviy- tarbiyaviy funksiyaning amalga oshirilishi har bir o‘quvchida o‘zining jamoadagi o‘rnini anglashiga yordam beradi.