O‘zbekiston respublikasi


O‘quvchilar jamoasining rag‘batlantirish funksiyasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə114/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

O‘quvchilar jamoasining rag‘batlantirish funksiyasi. Jamoa tomonidan har qanday shakldagi ijtimoiy-foydali ishlarni bajarishda o‘quvchilarda o‘ziga, atrofdagilarga, ijtimoiy hamda tabiiy borliqqa nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Ijtimoiy-foydali ishlarni bajarishda har bir o‘quvchi tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuq, muvaffaqiyat jamoa tomonidan e’tiroq qilinadi. Sinf yig‘ilishlarida ijtimoiy-foydali ish yakunlarining muhokama qilinishi, unda faol

ishtirok etgan o‘quvchilar nomlarining qayd etilishi ularda o‘ziga bo‘lgan hurmatni qaror toptiradi, o‘z kuchi va imkoniyatiga ishonchni oshiradi. Shu tarzda jamoa a’zolarining xulq-atvori shakllanishiga erishiladi, o‘zaro munosabatlar tartibga solinadi.
Jamoaning tarbiyaviy imkoniyati, birinchi navbatda, uning birligi, axloqiy yo‘nalishi hamda sosiometriyasida ko‘zga tashlanadi. Bunda o‘quvchilarning fikrlari, borliqqa bo‘lgan munosabatlari, hayotiy pozisiyalari, xohish-istaklari, qiziqish va ehtiyojlari jamoaning umumiy maqsadlariga mos kelishi nihoyatda muhim sanaladi. Aks holda jamoada parokandalik, tarqoqlik ro‘y beradi, nosog‘lom muhit shakllanadi.

  1. O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash va bu jarayonda qo‘llaniladigan tashxislovchi metod va metodikalar. Pedagogik diagnostikada o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash va baholashga yordam beradigan tashxislovchi metod va metodikalardan

ham foydalaniladi. Ular orasida “Nima muhimroq?”, “Jamoadagi psixologik muhitni baholash” va “O‘quvchilar soni – intellektual imkoniyatlar ko‘rsatkichi” nomli metodikalar alohida o‘rin tutadi. Ayni o‘rinda ushbu metodikalarning tavsifi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

    1. Guruhdagi psixologik muhitni baholash” (L.G.Jedunova) so‘rovnomasi

Maqsad: sinf jamoasidagi psixologik muhitni o‘rganish.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin