O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə13/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Bashoratlash funksiyasi tashxislanayotgan ob’ektning rivojlanish istiqbollarini aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu funksiya o‘qituvchiga ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanilayotgan vositalar, yaratilgan shart-sharoitlar, pedagogik faoliyat natijalari o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash orqali pedagogik jarayonning istiqbolli rivojlanishini belgilashga qaratilgan choralarni ishlab chiqish imkonini beradi. O‘qituvchining diagnostik faoliyati nafaqat o‘quvchilarning ahvolini aniqlash va baholashga, balki ularning rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, shart-sharoitlarni aniqlashga ham yo‘naltirilgandir. Bashoratlash funksiyasi pedagogik tadqiqotlarda yanada samarali qo‘llaniladi.

  • Nazorat va tuzatish funksiyasi o‘qituvchiga o‘quvchilar ta’lim va tarbiya jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish orqali pedagogik jarayonni boshqarish, shuningdek, ta’limning rivojlantiruvchi imkoniyatlaridan o‘qitish samaradorligini oshirishda foydalanishga yordam beradi. Mazkur funksiya ekspert baholash asosida amalga oshiriladi hamda tashxislanayotgan ob’ektning muayyan standart, me’yor yoki modelga egaligini nazarda tutadi.

  • Baholash funksiyasi qo‘lga kiritilgan pedagogik mezon va ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Mazkur funksiya amalga oshirish o‘rganilayotgan pedagogik ob’ektning har bir aniq belgilangan vaqtdagi o‘zgarishi darajasini belgilash va bu o‘zgarishlarning o‘qituvchining harakatlariga bog‘liqligini ifodalaydi. Baholash funksiyasi har bir o‘qituvchi faoliyatini sifat va miqdor jihatdan baholanilishiga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostikada ilmiy- pedagogik tajriba sifatida amalga oshiriladigan baholash funksiyasi qo‘lga kiritilgan natijalarni tahlil qilish, xolis ravishda qiymatini belgilash imkoniyatini yaratadi23.




    1. Pedagogik diagnostikaning asosiy turlari. Har bir faoliyatning jamiyat uchun ijtimoiy, sub’ekt uchun shaxsiy ahamiyati, qiymati uning qay darajada samarali bo‘lgani, muayyan natijalarni kafolatlay olgani bilan belgilanadi. Shu sababli qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar faoliyat samaradorligini aniqlash






    23 Полякова М.Н. Зачем нужна педагогическая диагностика?
    //https://nsportal.ru/vuz/pedagogicheskie-nauki/library/2018/05/05/zachem-nuzhna-pedagogicheskaya- diagnostika.
    uchun u erishilgan natija – aniq ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi. Tahlil natijasiga ko‘ra faoliyatning samarali bo‘lgani to‘g‘risidagi xulosaga kelinadi. Faoliyat samaradorligini aniqlash bir necha yo‘l, metod yoki usullar bilan aniqlanadi. Pedagogik diagnostika bu boradagi mavjud yo‘l, meod va usullarni o‘zida to‘la qamrab olgan faoliyat shakli hamda alohida mustaqil soha sanaladi.
    Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan pedagogik diagnostika yaxlit jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga bir nechta turdagi diagnostik faoliyatni qamrab oladi.
    Manbalarda pedagogik diagnostikaning bir nechta turi mavjudligi ko‘rsatiladi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin