Izohlash(talqinqilish)tashxislash natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida ma’lum xulosaga kelish jarayoni holatni izohlash yoki talqin qilish deyiladi. Rivojlanish prognozini tayyorlash va pedagogik qarorni qabul qilish xulosaga tayangan holda holatning izohlanishi (talqin qilinishi)ga bog‘liq. Izohlash (talqin qilish) to‘plangan ma’lumotlar aniq bo‘lganidagina amalga oshiriladi. Tashxis jarayonida faqat bir nafar o‘qituvchining shaxsiy kuzatuvlari asosida to‘plangan ma’lumotlargina emas, balki boshqa fan o‘qituvchilari hamda mutaxassislarning o‘rganishlari orqali ega bo‘lingan qo‘shimcha dalillar ham tahlil qilinadi. O‘qituvchi yoki o‘qituvchi (mutaxassis)lar ega bo‘lgan ma’lumotlar ob’ektiv va sub’ektiv yondashuv, samarali usullar yordamida har tomonlama sinchiklab o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Binobarin, shundagina, xulosaning xolis, to‘g‘ri bo‘lishiga erishiladi.
Bashoratlash.Pedagogik diagnostikada o‘qituvchi o‘quvchining turli vaziyatlarda yoki muayyan muddat (1, 2, 3 va hokazo yil)dan keyin o‘zini tutishi, muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatiga oid ma’lumotlar doimiy ravishda ekstrapolyasiya qiladi (ob’ekt yoki jarayonining bir qismini kuzatish asosida chiqarilgan xulosani boshqa tarkibiy elementlarga teng taqsimlaydi). Tashxis natijasida olingan ma’lumotlar, ular asosida tuzilgan xulosalarga tayangan holda o‘qituvchi o‘quvchining har xil vaziyatlardagi harakatlarining istiqbolini belgilash (bashoratlash) imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bashoratlash o‘quvchiga nima uchun va qanday pedagogik yordam zarurligini tushunishga yordam beradi.
8.Qarama-qarshiliklarnibartarafqilish.Pedagogik diagnostikaning zamonaviy muammolari juda ko‘p va xilma-xildir. Bu holat turli sabablar bilan izohlanadi. Ya’ni: pedagogik diagnostikaning ilmiy-metodologik asosi nazariy jihatdan hali yetarli darajada asoslanmagan; pedagogik diagnostikani amalga oshirishga bo‘lgan talabning xilma-xil mazmunga egaligi (ilmiy-pedagogik ekspertiza, tadqiqot faoliyati, o‘quv amaliyoti); diagnostik masalalarni hal qilishga differensial (tabaqaviy) yondashuvning talab qilinishi (sabab – pedagogik diagnostika maqsadining turlicha ekanidir).
Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika vositalarini o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlay oladigan darajada takomillashtirish talab qilinadi. Qolaversa, har bir o‘quvchining muammo va yutuqlariga tayangan holda uni rivojlantirish traektoriyasini oqilona belgilash maqsadga muvofiqdir. Bunda, eng muhimi, pedagogik diagnostika jarayoni bosqichlari to‘g‘ri belgilash va ularni izchil tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Demak, zamonaviy sharoitda har bir o‘qituvchi har o‘qituvchi pedagogik diagnostika asoslarini puxta bilishi, bu boradagi mavjud bilimlaridan ta’lim va tarbiya jarayonida samarali foydalana olishi zarur. Zero, shunda pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlash va o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan shaxs etib tarbiyalashga erishiladi.