Pedagogik diagnostika tamoyillari – pedagogik diagnostikaning mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-didaktik, tarbiyaviy ahamiyati, qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, uni qo‘llash shartlarining mohiyatini yorituvchi yetakchi, asosiy g‘oyalar.
Pedagogikdiagnostika (tashxislash) – zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayoni (K.Ingenkamp); pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish (E.A.Mixalыchev), ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan pedagog va pedagogik kollektivlarning o‘ziga xos faoliyatining tizimi (V.S.Avanesov); aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki monitoringning tarkibiy qismi (M.A.Innazarov); ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash (S.T.Pudochkina).
Pedagogik diagnostikaning bir necha turi mavjud. Ular:
asosiyboshlang‘ichdiagnostika– o‘quvchining joriy vaqtgacha erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlashga qaratilgan tashxislash;
asosiyyakuniydiagnostika – o‘quv yili oxirida o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadigan tashxislash;
oraliqdiagnostika – sinfning barcha o‘quvchilari uchun emas, balki ular orasidan tanlab olingan – rivojlanishida jiddiy muammolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan tashxislash;